Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

 

 

DEHQON BOZORLARIDAGI AYRIM TOVARLARNING O‘RTACHA NARXLARI, 1 KG. SO‘MDA (2020-YIL 1-MAY HOLATIDA)

1 / 17
Navli bug‘doy uni - 4 335
2 / 17
Guruch - 7 997
3 / 17
Kartoshka - 4 974
4 / 17
Karam - 1 919
5 / 17
Pomidor - 10 102
6 / 17
Bodring - 7 570
7 / 17
Sabzi - 1 544
8 / 17
No‘shpiyoz - 2 866
9 / 17
Olma - 12 250
10 / 17
Mol go‘shti - 47 725
11 / 17
Qo‘y go‘sht - 44 758
12 / 17
Tovuq go‘shti - 18 071
13 / 17
Turli baliqlar - 22 434
14 / 17
Yangi sog`ilgan sut (litr) - 3 430
15 / 17
Sariyog‘ - 50 342
16 / 17
Tuxum(10 dona) - 7 701
17 / 17
Tandir non (dona) - 2 788

2019 yil 18 mart kuni soat 10:00 da Buxoro Davlat Universitetida “Milliy statistika tizimi: nazariya va amaliyot” mavzusida “Davra suhbati” bo`lib o`tdi.

Tadbirda Davlat statistika qo`mitasi vakillari, Buxoro viloyat statistika boshqarmasi xodimlari, Buxoro davlat universiteti professor o`qituvchilari va talabalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbatida ta`kidlanganidek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 31 iyuldagi “O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori soha faoliyatini yangi bosqichga ko`tarish, statistika axborotlarini yig`ish, to`plash, saqlash, qayta ishlash hamda ularni Internet tarmog`i, ommaviy axborot vositalari va mahalliy telekanallar orqali keng tarqatishni yanada takomillashtirishga xizmat qilmoqda.

 

Shuningdek, bugungi “Axborot asri”da statistik axborotlarning erkinligi, oshkoraligini ta`minlash, mamlakatimizning rivojlanish ko`rsatkichlarini xalqaro statistik to`plamlarda chop etish hamda turli yo`nalishdagi reytinglarda aks ettirishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Shundan kelib chiqib, xalqaro statistik, iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanmoqda.

 

Ta`kidlanganidek, qaror ijrosini ta`minlash yuzasidan Buxoro viloyat statistika boshqarmasida kompleks chora-tadbirlar dasturi, nazorat rejasi va vazifalarning har bir bandi ijrosi bo`yicha xarakat rejalari ishlab chiqildi. Shuningdek, Buxoro viloyat statistika boshqarmasi bo`lim boshliqlari  va tuman, shahar bo`linmalari tarkibi qaytadan ko`rib chiqildi. Statistik axborotlarning maksimal darajada ochiqligini ta`minlash maqsadida e`lon qilinadigan ko`rsatkichlar tarkibi qayta ko`rib chiqilib, kengaytirildi. Boshqarmaning rasmiy veb-sayti tahliliy ma`lumotlar, byulletenlar, doklad va press-relizlar bilan muntazam ravishda boyitib borilmoqda.

Shuningdek, Buxoro viloyat statistika boshqarmasi mas`ul xodimlari tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan boshqa savollarga ham atroflicha javob qaytardi.

Tugmani bosing Tinglash