Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

 

 

Profilaktika ishlari olib borilayotgani sababli telefonlar faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo‘lishi mumkin. Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so’raymiz!

 

DEHQON BOZORLARIDAGI AYRIM TOVARLARNING O‘RTACHA NARXLARI, 1 KG. SO‘MDA (2020-YIL 1-IYUl HOLATIDA)

1 / 17
Navli bug‘doy uni - 4 672
2 / 17
Guruch - 8 026
3 / 17
Kartoshka - 3 949
4 / 17
Karam - 1 222
5 / 17
Pomidor - 3 286
6 / 17
Bodring - 2 656
7 / 17
Sabzi - 2 120
8 / 17
No‘shpiyoz - 1 364
9 / 17
Olma - 9 623
10 / 17
Mol go‘shti - 48 188
11 / 17
Qo‘y go‘sht - 45 343
12 / 17
Tovuq go‘shti - 18 291
13 / 17
Turli baliqlar - 22 348
14 / 17
Yangi sog`ilgan sut (litr) - 3 767
15 / 17
Sariyog‘ - 51 314
16 / 17
Tuxum(10 dona) - 7 992
17 / 17
Tandir non (dona) - 2 831

2019-yil 16-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi hamkorligida tadbir o‘tkazildi. Videokonferensiya formatida tashkil etilgan tadbirda Minsk shahrida o‘tkazilgan turmush sifati normativlari loyihasini tasdiqlash bo‘yicha ekspertlar guruhi yig‘ilishida ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbirda O‘zbekiston, Belarus, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston Respublikalari va Rossiya Federatsiyasining manfaatdor vazirlik va idoralari vakillari, xalqaro ekspertlar, MDH ijroiya qo‘mitasi xodimlari ishtirok etdi. Jumladan, yurtimizdan Moliya, Iqtisodiyot va sanoat, Bandlik va mehnat munosabatlari, Sog‘liqni saqlash, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirliklari, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitalari, Gidrometeorologiya xizmati markazi vakillari qatnashdi.

Yig‘ilishda aholi farovonligi, turmush shart-sharoiti statistik ko‘rsatkichlari bo‘yicha turmush sifati normativlari loyihasini tasdiqlashda mamlakatlarning o‘zaro kelishuvi natijalari bo‘yicha MDHga a'zo davlatlarning takliflari muhokama qilindi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash