Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Buxoro viloyat statistika boshqarmasida “Call centre” tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon: 65 223 79 29

2021- YIL 1- APREL HOLATIDA DEHQON BOZORLARIDAGI AYRIM TOVARLARNING O'RTACHA NARXLARI

1 / 17
Navli bug‘doy uni - 4833
2 / 17
Guruch - 8593
3 / 17
Kartoshka - 3856
4 / 17
Karam - 1931
5 / 17
Pomidor -12072
6 / 17
Bodring - 12782
7 / 17
Sabzi - 1970
8 / 17
No‘shpiyoz - 1896
9 / 17
Olma - 10059
10 / 17
Mol go‘shti - 56749
11 / 17
Qo‘y go‘sht - 53341
12 / 17
Tovuq go‘shti - 20530
13 / 17
Turli baliqlar - 22598
14 / 17
Yangi sog`ilgan sut (litr) - 3907
15 / 17
Sariyog‘ - 51208
16 / 17
Tuxum(10 dona) - 9869
17 / 17
Tandir non (dona) - 2866

Joriy yilning 29-31 mart kunlari Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi.

Bo‘lajak oliy darajadagi muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollarimuhokama qilinadi.

Bundan tashqari, xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashiladi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston va Vengriya yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirokida O‘zbekiston-Vengriya ishbilarmonlar kengashining birinchi yig‘ilishi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Bosh vazir Viktor Orban tashrif dasturiga muvofiq ilmiy va tarixiy ob’ektlar bilan tanishadi.

Tashrif yakunida iqtisodiyot, energetika, ta’lim va kadrlar tayyorlash, madaniyat, hududlararo hamkorlik, bandlik va mehnat munosabatlari sohalarida ikki tomonlama munosabatlarni yanada kengaytirishga qaratilgan kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda.

UzA

 Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 fevral kuni Navoiy viloyatida hamda gidroenergetika tarmog‘ida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

Navoiy viloyati – sanoatlashgan hudud. Kimyo, qurilish materiallari va to‘qimachilik tarmoqlari viloyat iqtisodiyotining “drayver”lari hisoblanadi. Bu yerda yiliga 65 trillion so‘mlikdan ziyod sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Joriy yilda Navoiy viloyatida 576 ta loyiha amalga oshirilishi mo‘ljallangan. Ularning umumiy qiymati 18 trillion 600 milliard so‘m. Sohalar kesimida aytganda, loyihalarning 200 tasi sanoat, 179 tasi xizmat ko‘rsatish, 197 tasi qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida. Bularning natijasida qariyb 18 trillion so‘mlik ishlab chiqarish quvvati tashkil etilib, 16 mingta ish o‘rin yaratiladi. 123 million dollarlik import o‘rnini bosuvchi mahsulot tayyorlanib, 125 million dollarlik eksport ta’minlanishi ko‘zda tutilgan.

Xususan, qurilish materiallari tarmog‘ida akril tosh, bazalt panellar, yog‘och tolali plitalar, pol va devor uchun qoplamalar, shisha mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Misol uchun, Zarafshon shahrida oyna korxonasini shu yil dekabrda ishga tushirish rejalashtirilgan. Unda 350 kishi mehnat qiladi.  

Kimyo sanoatida 20 ta loyiha shakllantirilgan bo‘lib, joriy yilda 9 tasi foydalanishga topshiriladi. Natijada talab yuqori yangi mahsulotlar o‘zlashtirilib, 430 dan ziyod kishining bandligi ta’minlanadi.

To‘qimachilik tarmog‘idagi loyihalar ham istiqbolli. Xususan, joriy yilda barcha shahar va tumanlarda 28 ta korxona tashkil etilib, 5 ming 800 ga yaqin ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari loyihalarni sifatli, ilmiy yondashgan holda amalga oshirish, zamonaviy texnologiyalarni jalb etib, qo‘shimcha qiymat yaratish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarib, eksportga yo‘naltirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 2 maydagi qarori bilan 2017-2021 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi ma’qullangan edi. Bu dasturga jami 3 milliard 400 million dollarlik 65 loyiha kiritilgan bo‘lib, shundan 34 tasi yangi quvvatlar tashkil etish, 31 tasi mavjudlarini modernizatsiya qilishga qaratilgan. bugungi kunda 1 ming 100 megavattlik 12 ta loyiha ishga tushirilgan. 950 megavattlik yana 20 ta loyiha yakuniy bosqichda amalga oshirilmoqda.

Joriy yilda umumiy qiymati 1 milliard 420 million dollar bo‘lgan 16 ta loyiha rejalashtirilgan. Xususan, 11 ta yangi gidro elektr stansiyasi qurilib, 587 megavatt elektr quvvati yaratiladi. Qolgan 5 ta loyihaga ko‘ra, mavjud stansiyalar modernizatsiya qilinib, ishlab chiqarish imkoniyati kengaytiriladi.

 Taqdimotda sohani transformatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham ma’lumot berildi.

Prezident loyihalarni yana bir bor qayta ko‘rib chiqib, sifat jihatidan takomillashtirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

UzA

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 fevral kuni Farg‘ona viloyatiga keldi.

Tashrif dasturi juda tig‘iz va mazmunan boy. Birinchi manzil - Oltiariq tumanidagi “Fayzli bog‘lar sari” uzumchilik kooperatsiyasi.

Oltiariqliklar dehqonchiligi, omilkorligi bilan tanilgan. Ularga yer berilsa, o‘zini ham, elini ham boy qiladi. Lekin, boshqa mahsulotlarga nisbatan daromadi kamligiga qaramay, bu tumanda ham paxta va g‘alla ko‘p ekilar edi. Davlatimiz rahbarining qishloq xo‘jaligini tarkibiy o‘zgartirish, bozorbop ekinlar ekishga qaratilgan siyosati qo‘li gul dehqonlar va yoshlarga katta imkoniyat ochdi.

Prezident kelgan kooperatsiyaning 6 gektarlik tokzori o‘rnida ilgari paxtadan 20, g‘alladan 25 sentner hosil olinar edi. O‘tgan yili bu yerda bog‘ yaratilib, “xusayni”, “kelin barmoq”, “rizamat” navli uzum ko‘chatlari ekilgan. Qator oralarida pomidor, bodring, ko‘katlar, qalampir va boshqa sabzavotlar yetishtirilmoqda. Tomchilatib sug‘orish tizimi joriy qilingan.

Eng muhimi, bu maydon 51 nafar yoshga, jumladan, xorijdan qaytib kelgan mehnat muxojirlariga ajratib berilgan. Ular plyonka ostiga sabzavotlar ekib, to‘rt martagacha hosil olishi mumkinligini aytishdi.

- Har bir yoshni ota-onasi qanday qayg‘ursa, men ham shunday qayg‘uraman, - dedi Shavkat Mirziyoyev ular bilan suhbatda. - Yoshlarni tezroq ish bilan ta’minlash uchun katta imkoniyatlarimizdan biri hozircha shu. Hayotda o‘rnini topgan insonda o‘ziga ishonch, intilish paydo bo‘ladi. Bugun yoshlarga daromad manbai yaratib, ish o‘rgatib, tetapoya qilsak, 2-3 yildan keyin hech kimga qaram bo‘lmaydi - bankda hisob-raqami bo‘ladi, uy oladi, yaxshi yashaydi, bolalarini yaxshi tarbiyalaydi.

Prezident yoshlarga o‘qib-o‘rganib, faoliyatini yaxshilash bo‘yicha maslahatlar berdi.

- Hayot - kurash, raqobat. Bu kurashda kim kuchli bo‘ladi? Aqlli, bilimli, mehnat qilgan. Bugun yoshlar davlatimizning e’tiborini his etishi, ko‘p o‘qib, kun sayin bilimini oshirib, rivojlanishda davom etishi kerak, - dedi davlatimiz rahbari.

Yerlarni ajratib berish orqali Farg‘ona viloyatida 200 ming nafar yoshning bandligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

 “Fayzli bog‘lar sari” uzumchilik kooperatsiyasining umumiy yer maydoni qariyb 130 gektar. Shundan 40 gektar maydonda tokzor, 90 gektar maydonda intensiv bog‘ barpo etilgan. 2 ming tonna sig‘imli muzlatkichli ombor, yuk mashinalari bor. Yetishtirilgan mahsulotlarning katta qismini eksport qilish rejalashtirilgan.

Shu yerda Farg‘ona viloyatida qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimot qilindi.

UzA

Avvalo, saytning dizayni butunlay o‘zgargani ko‘zga tashlanadi. Kontent jihatidan ham boyigan va qo‘shimcha qulayliklar yaratilgan.

Masalan, yangi saytda “Prezident Administratsiyasi” bo‘limi ochilgan. Unda Prezident maslahatchilari, Prezident Administratsiyasining asosiy vazifalari, Prezident Administratsiyasining Ijro etuvchi apparati rahbariyati, Prezident va Administratsiya huzuridagi tashkilotlari to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar bilan tanishish mumkin.

Bosh sahifada Prezident Shavkat Mirziyoyevning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy akkauntlariga havolalar yaqqol ko‘rinadigan tarzda joylashtirilgan. Shuningdek, har bir yangilikni ijtimoiy tarmoqlarda ulashish imkoniyati yaratilgan.

Saytning interfaolligini oshirish maqsadida yangi funksiyalar joriy etilgan. Masalan, davlat rahbarining “Facebook” va “Twitter” ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga vidjetlar o‘rnatilgan. Ya’ni, ushbu sahifalarni “Facebook” va “Twitter”ga o‘tmasdan turib, saytning o‘zida ko‘rish mumkin.

Saytning bosh sahifasida dunyo va O‘zbekiston xaritasi joylashtirilgan. Bu funksiya yordamida Prezidentning xorijga va mamlakatimiz hududlariga tashriflari haqidagi axborotlarni xarita orqali topish mumkin.

“Mediateka” bo‘limida ilgari faqat fotogalereya bor edi. Yangi saytda bu bo‘lim fotosuratlar bilan boyitilib, foydalanuvchilarga qulay bo‘lishi uchun “Majlis va marosimlar”, “Xorijga tashriflar”, “Qabullar”, “Hududlarga tashriflar”, “Portretlar” kabi toifalarga ajratilgan.

Saytdagi yangiliklardan yana biri – Videogalereya. Ilgari Prezident faoliyatiga oid film va videolavhalarni faqat Youtube yoki Telegram platformalarida ko‘rish mumkin edi. Endi ular veb-saytning o‘zida to‘rtta kategoriya bo‘yicha “TAS-IX” tarmog‘ida joylashtirib boriladi.

Hujjatlar bo‘limida yangi “Infografika” sahifasi ham tashkil etilgan.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi” portaliga o‘tish, Xalq qabulxonalarining aloqa ma’lumotlarini izlash kabi qulayliklar bor.

Yangi sayt 1 yanvardan test rejimida ishlay boshladi. Uning bundan oldingi versiyasi 2017 yilda ishga tushirilgan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 23 noyabr kuni Toshkent shahrida yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirishga oid konsepsiya taqdimoti bilan tanishdi.

Poytaxtimizda aholi ham, transport vositalari ham ko‘payib bormoqda. Oxirgi 10 yilda shaharda avtomobillar soni 250 mingtadan 510 mingtaga, ya’ni 2 baravar oshgan.

Shunga mos ravishda transport infratuzilmasi ham rivojlantirilmoqda. Yangi yo‘llar, ko‘priklar, yerusti metrosi qurilmoqda.

Xususan, joriy yilda Toshkent metropolitenining “Yunusobod” yo‘nalishida 2 ta stansiya hamda yerusti xalqa yo‘lining birinchi bosqichi ishga tushirildi. Jamoat transportida 56 ta yo‘nalish maqbullashtirildi. Bular natijasida 170 ming aholining transport xizmati yaxshilandi, ularning transportga ketadigan vaqti o‘rtacha 15-20 minutga qisqardi.

Lekin poytaxtimiz ko‘chalarida yuklama ko‘p, yo‘l harakatini tartibga solishda kamchiliklar yetarli. Transport vositalari tirbandligi yildan-yilga ortib borayotir.

Shu bois davlatimiz rahbari Toshkent shahrida jamoat transporti tizimi va infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha topshiriq bergan edi.

Poytaxtimiz ko‘chalaridagi muammolar kompleks o‘rganib chiqildi. Geoinformatsion tizim orqali transport va yo‘lovchilar oqimi tadqiq qilindi.

bugungi taqdimotda ana shu tahlillar natijalari haqida axborot berildi.

Toshkent shahrida 500 dan ziyod katta chorrahalar mavjud bo‘lib, ularning 200 tasida transport vositalarini tezkor o‘tkazish darajasi past. Avtomobil to‘xtash joylari yetishmasligi sababli yo‘lning birinchi qatorida mashinalar yig‘ilib, qatnovga xalaqit bermoqda. Haydovchilar uchun ma’lumot belgilari ham yetishmaydi. Piyodalar va velosipedlar harakati uchun qulaylik kam.

Shu kabi kompleks tahlillar asosida Toshkent shahrida yo‘l infratuzilmasi va jamoat transporti tizimini takomillashtirish bo‘yicha bosh rejaning dastlabki loyihasi ishlab chiqildi.

Xususan, poytaxtdagi 24 ta yirik chorrahaning harakatlanish tartibini optimallashtirish, bu orqali o‘rtacha to‘xtashlar sonini 71 foiz va vaqtini 48 foiz, tirbandlikni 64 foiz, yoqilg‘i sarfini 34 foizga kamaytirish mumkinligi hisob-kitob qilingan.

Toshkent shahrida jamoat transportini yaxshilash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Davlatimiz rahbari yo‘lovchi tashish xizmatlaridan aholi mutlaqo norozi ekanini ta’kidladi. Masalan, 79 ta yo‘nalishdagi avtobuslar intervali tig‘iz paytlarda 30 minutgacha kechikmoqda. Oqibatda odamlar boshqa transport vositalaridan foydalanishni afzal bilmoqda. bugungi kunda shahar jamoat transportida bor-yo‘g‘i 33 foiz yo‘lovchi yurmoqda. Rivojlangan mamlakatlar poytaxtida bu ko‘rsatkich 60-70 foizni tashkil etadi. 

Shu bois mavjud infratuzilmani yaxshilab, jamoat transporti harakatining tezligi va aholi uchun qulayligini ta’minlash vazifa qilib qo‘yildi.

Davlat rahbari jamoat transporti tizimida yangi boshqaruv uslubini joriy etish, metropoliten, avtosaroylar va yo‘nalishli taksi korxonalarini bir-biriga bog‘lash, axborot texnologiyalari asosida ularning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash kerakligini ta’kidladi.

Buning uchun metropolitenni boshqarish hamda “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyatining buyurtmachi va nazorat funksiyalari shahar transport boshqarmasiga o‘tkaziladi. Moliyalashtirish ham boshqarma tomonidan amalga oshirilib, transport korxonalariga haqiqiy bajarilgan ish hajmi, bosib o‘tilgan masofaga qarab mablag‘ ajratiladi.

Mutasaddilarga Toshkent shahar jamoat transportini yagona tizim asosida tartibga solish, moliyalashtirish va tabaqalashgan tariflarni belgilash bo‘yicha vazifalar qo‘yildi.

Tirbandlik kuzatilayotgan ko‘p qatorli yo‘llarning bir qismini jamoat transporti uchun ajratish, markaziy ko‘chalarda parkomatlar tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shu bilan birga, piyodalar va velosipedlar yo‘lakchalarini ko‘paytirish muhimligi qayd etildi.   

“Toshshahartransxizmat” jamiyatini to‘liq transformatsiya qilish, Transport universiteti faoliyatini takomillashtirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Jamoat transporti tizimining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash masalasiga ham e’tibor qaratildi.

Toshkentdagi tajriba asosida boshqa shaharlarda ham yo‘l-transport tizimini qayta ko‘rib chiqib, markaziy ko‘chalarni namunaviy tarzda o‘zgartirish, xususan, Samarqandda jamoat transportini optimallashtirish, aholi va turistlar uchun qulay sharoit yaratish vazifasi qo‘yildi.

UzA

RASMIY STATISTIKA

E'LON QILISH TAQVIMI METAMA'LUMOTLAR Makroiqtisodiy tahlillar MILLIY HISOBLAR
NARX VA INDEKSLAR INVESTITSIYALAR QURILISH Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi
ICHKI SAVDO SANOAT QISHLOQ XO‘JALIGI EKOLOGIYA
XIZMATLAR DEMOGRAFIYA MEHNAT BOZORI AHOLI TURMUSH DARAJASI
IJTIMOIY SOHA KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK KORXONA VA TASHKILOTLAR DEMOGRAFIYASI HUQUQBUZARLIK HUQUQBUZARLIK
ATROF-MUHIT BOSHQA MAKROIQTISODIY VA MOLIYAVIY STATISTIKA K-MTUT (XVJ) XALQARO STATISTIKA
TARQATILISHI CHEKLANGAN MA`LUMOTLAR      
Tugmani bosing Tinglash