Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Aholini ro'yxatga olish barchaga va har bir insonga daxldor

Avvalam bor aholini ro'yxatga olish - bu aholining demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma'lumotlarini yig'ish, umumlashtirish, tahlil qilish va chop etishning yagona jarayoni bo'lib, u ma'lum bir vaqtda mamlakatdagi barcha shaxslarga yoki uning aniq chegaralangan qismiga tegishlidir. Bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko'lamli tadbir bo'lib, aholi to'g'risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi

Aholini ro'yxatga olish yakunlariga qarab o'tmish va hozirgi davr haqida fikr va mulohazalar yuritish hamda kelajakni prognoz qilish mumkin bo'ladi.

Qator holatlarda aholini ro'yxatga olish - aholining yoshi, jinsi, milliy tarkibi, ma'lumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tavsiflari haqida ma'lumotlar olishning yagona manbai bo'lib xizmat qiladi.

 

Aholi qadim zamonlarda  ham davlatlarning soliq va harbiy harakatlariga va ularning ma'muriy tuzilmalari vazifalariga bog'liq edi. Hatto qadimgi Xindiston qonunlarida Manu hukmdorlariga ularning kuchlarini o'rganish va soliklarni aniqlash uchun aholini hisobga olish topshirilganligi haqida ma`lumotlar mavjud. Misrda qadimgi qirollik davri (eramizdan avvalgi 2800-2250) davridan boshlab aholi tadqiqotlari o'tkazildi. Shu bilan birga, qadimgi Mesopotamiyada aholining so'rovlari haqida ma'lumot mavjud. Qadimgi Xitoy va qadimgi Yaponiyada aholi soni aniqlanganligi haqida dalillar mavjud

Birinchi to'liq ro'yxatga olish 1790 yilda Qo'shma Shtatlarda o'tkazildi

Birlashgan Millatlar toashkilotining 2020 yilda Butunjahon aholi va uy- joy fondini ro'yxatga olish dasturining qo'llab-quvvatlashini e'tiborga olgan holda aholi soninig aniqliligi juda dolzarbligini anglatadi

Respublikamizda iqtisodiy va ijtimoiy  ma'lumotlaring aniqliligini ta'minlash va axolinig yoshi, jinsi, milliy tarkibi, ma'lumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tavsiflari haqida ma'lumotlar maqsadida  O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro'yxatga olishni o'tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi PF-5655-son Farmoniga muvofiq respublikamizda 2022 yilda aholini ro'yxatga olish tadbirini o'tkazish belgilandi.

Bu farmoish ijrosi yuzasidan chora tadbirlar ilab chiqildi va O'zbekiston Respublikasining “Axolini ro'yxatga olish to'g'risida” qonun loyixasi muxoqamaga qo'yildi.

Aholini ro'yxatga olish tadbiri iqtisodiy jihatdan bizga nima beradi?

Birinchidan, aholini ro'yxatga olish mehnat va uy-joy bozorlarini rejalashtirish, respublika byudjetini tuzish, transport siyosatini yuritish, elektrenergetika, ijtimoiy ta'minot, sog'liqni saqlash va ta'lim sohalari, til va diniy siyosat masalarida juda muhim ahamiyatga ega. Bir so'z bilan aytganda, qaysi sohada bo'lmasin, kelajakni bashorat qilish zarur bo'lgan hollarda aholini ro'yxatga olish natijalarisiz rejalashtirib bo'lmaydi.

Ikkinchidan, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko'rsatkichlarni (yalpi ichki mahsulot, aholi daromadlari, sanoat mahsuloti hajmi, iste'mol mahsulotlari hajmi, aholiga ko'rsatiladigan xizmatlar hajmi, qishloq xo'jaligi mahsulotlari) hisoblashda foydalaniladi.

Uchinchidan, respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam ko'rsatish bo'yicha dasturlarni manzilli ishlab chiqishda axborot manbai sifatida xizmat qiladi.

To'rtinchidan, aholi punktlarining infratuzulmasini yaxshilashda, mehnat resurslaridan foydalanish va joylashtirish bo'yicha qisqa, o'rta va uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqishda ishlatiladi.

Bunday ma'lumotlar ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni oldindan baholash, bandlik sohasidagi siyosatni belgilash, ijtimoiy siyosat va aholi salomatligi bo'yicha dasturlarni yaratishda, shuningdek davlat hokimiyati organlarining vazifalarini bajarishi, ilm-fan va jamiyatni axborot bilan ta'minlash uchun zarurdir.

O'zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro'yxatga olishni o'tkazish konsepsiyasiga muvofiq aholini ro'yxatga olish tadbirlarini o'tkazish bilan bog'liq xarajatlar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlariga va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun ko'zda tutilgan O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa mablag'lar hisobiga moliyalashtiriladi.

Moliyalashtirish uchun zarur mablag'lar hajmi O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va boshqa mas'ul idoralar hisob-kitoblari asosida, shuningdek, tender savdolari va tender hujjatlarini rasmiylashtirish natijalari bo'yicha aniqlanadi.

Aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazishga, uning materiallarini qayta ishlashga, natijalarini olish va e'lon qilishga jalb etilgan xodimlarning mehnatiga haq to'lash maxsus ishlab chiqilgan va tasdiqlangan normativlar asosida amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, 2022 yilda aholini ro'yxatga olishni o'tkazish bo'yicha xalqaro tashkilotlar bilan ham tashkiliy, uslubiy va moliyaviy jihatlar bo'yicha hamkorlik qilinmoqda. Jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg'armasi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Statistika komissiyasi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi va boshqa shu kabi xalqaro tashkilotlarni keltirish mumkin.

Tugmani bosing Tinglash