Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

              Aholini ro'yxatga olishga oid

Qorovulbozor tumani hokimligi majlislar zalida hokimlik, statistika, mahalla jamg'armasi, mahalla fuqarolar yig'ini xodimlari, kadastr va barcha tashkilot xodimlari ishtirokida muhim mavzuga bag'ishlangan seminar bo'lib o'tdi.
Seminar kun tartibidagi masala yuzasidan viloyat statistika boshqarmasi bo'lim boshlig'i L.Jiyanov so'zga chiqib O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro'yxatga olishni o'tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi PF5655-sonli Farmoning mazmun-mohiyati to'g'risida tushuncha berib hududiy komissiya va statistika organi tomonidan amalga oshiriladigan asosiy vazifalari to'g'risida gapirib o'tildi.
Aholini ro'yxatga olishniga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bosqichlari bo'yicha fikr bildirib, aholini ushbu tadbirga keng jalb qilish, targ'ibot-tashviqot ishlarini olib borishni jadallashtirish haqida vazifalar berib o'tildi.
Seminar so'ngida viloyat statistika boshqarmasi bo'lim boshlig'i L.Jiyanov yig'ilish ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berdi

Tugmani bosing Tinglash