Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

                  O'zbekistonda aholini ro'yxatga olish

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019yil 5 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro'yxatga olishni o'tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi PF-5655-son farmonlari imzolangandan so'ng shahar va tuman statistika bo'limlari jumladan Kogon shahrida ham 2022-yilda bo'lib o'tadigan qayta ro'yxatga olish ishlari yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Aholini ro'yxatga olishni o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad - bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosdagi keng ko'lamli tadbir bo'lib, aholi to'g'risidagi ishonchli axborot manbaini shakllantirishga qaratilgan. O'zbekiston Respublisi hududida aholini ro'yxatga olish tarixi nazar solsak, dastalbi aholini ro'yxatga olish 1897 yilda o'tkazilgan, aholi soni esa 3.9 mln kishini tashkil qilgan. Keyinchalik 1926 yilda 4.6 mln kishi, 1939 yilda 6.3 mln kishi, 1959 yilda 8.1 mln kishi, 1970 yilda 11.8 mln kishi, 1979 yilda 15.4 mln kishi va so'nggi bor 1989 yilda 19.8 mln kishini tashkil qilgan. Bugungi kunga kelib esa O'zbekiston va Respublikasi statistika qo'mitasi, viloyat boshqarmalari, tuman va shahar bo'limlarida joylarga chiqib, tushuntirish ishlari olib borilmoqda va seminarlar tashkil etilmoqda. Jumladan, Kogon shahar statistika bo'limida sentyabr oyiga qadar shahar tibbiyot birlashmasi, ko'p tarmoqli markaziy poliklinaki, mahalla xayriya jamoat fondi, bandlikka ko'maklashish markazi, shahar DSENM xodimlari va ko'plab boshka tashkilot va muassasalarga borib xodimlar malaka va ko'nikmalari yaritishga erishilmoqda.

Kogon shahar statistika bo'limi
bosh mutaxassisi: Adiz Shoyimov

Tugmani bosing Tinglash