Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

DEHQON BOZORLARIDAGI AYRIM TOVARLARNING O‘RTACHA NARXLARI, 1KG. SO‘MDA (2020-YIL 1-OKTABR HOLATIDA)

1 / 17
Navli bug‘doy uni - 4727
2 / 17
Guruch - 8 403
3 / 17
Kartoshka - 3 470
4 / 17
Karam - 1 976
5 / 17
Pomidor -1 815
6 / 17
Bodring - 2 571
7 / 17
Sabzi - 2 692
8 / 17
No‘shpiyoz - 1 614
9 / 17
Olma - 7 903
10 / 17
Mol go‘shti - 55 920
11 / 17
Qo‘y go‘sht - 52 133
12 / 17
Tovuq go‘shti - 18 383,33
13 / 17
Turli baliqlar - 22 505
14 / 17
Yangi sog`ilgan sut (litr) - 3 762
15 / 17
Sariyog‘ - 53 550
16 / 17
Tuxum(10 dona) - 8544
17 / 17
Tandir non (dona) - 2 798

Buxoro viloyatida o'tgan 9 oy davomida FHDYO bo'limlari tomonidan 30 ming 113 ta tug'ilish qayd etildi. Shundan, 15 ming 626 nafari o'g'il bolalar bo'lsa, 14 ming 487 nafarini qiz bolalar tashkil etadi.

 

2019 yilning 9 oyi davomida 29 ming 854 ta tug'ilish qayd etilgan bo'lib, raqamlar joriy yildagiga nisbatan 259 taga kam ekanligini ko'rsatmoqda. 9 ming 283 ta nikoh qayd etildi. O'tgan yilning mos davrida ushbu ko'rsatkich 10 ming 179 tani tashkil etgan.

 

Bugungi kunda oilaviy ajrimlar masalasi o'ta dolzarb muammolardan biri bo'lib kelmoqda. Oilalarni asrab qolish, ajrim yoqasiga kelib qolgan yoshlarni yarashtirishda tegishli tashkilotlar zimmasiga ham ulkan mas'uliyat yuklanadi.

 

FHDYO bo'limlari mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda nizoli oilalarni yarashtirish, ajrim yoqasida bo'lgan oilalarni asrab qolish maqsadida samarali faoliyat yuritmoqda. Qilinayotgan sa'y-harakatlar ham o'z samarasini bermay qolmayapti. Joriy yilning 9 oylik statistik ma'lumotlariga nazar tashlaydigan bo'lsak, 1 ming 102 ta ajrimlar sodir etilgan. O'tgan yilda esa FHDYO bo'limlari tomonidan 1 ming 349 ta ajrimlar qayd etilgan edi.

 

Bugun tug'ilish, o'lim, nikoh tuzish va nikohdan ajralish kabi muhim voqea va faktlarni qayd etish bo'yicha davlat xizmatlarini ko'rsatuvchi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tizimi tubdan takomillashtirildi.

 

FHDYO organlari faoliyatida aholiga davlat xizmatlarini ko'rsatishda sifat va tezkorlikni oshirish, eksterritoriallik prinsipi asosida arxiv ma'lumotnomalari va axborotini olish imkoniyatini beruvchi fuqarolik holati yagona elektron arxivi shakllantirildi.

 

Sohada byurokratiya va korrupsiya yuzaga kelishining oldi olindi. Idoralararo elektron hamkorlikni kengaytirish orqali, olis joylardagi aholi punktlariga chiqqan holda «mobil davlat xizmatlari»ni ko'rsatish sifati oshdi.

Zarif Komilov,OʻzA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi “Maqom sanʼatiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarni tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2020/2021-o‘quv yilidan boshlab Buxoro viloyatidagi ixtisoslashtirilgan madaniyat maktab-internati negizida maqom sanʼatiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatini tashkil etish belgilangan edi. Madaniyat vazirligi tizimidagi mazkur davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasining asosiy vazifasi maqom sanʼati bo‘yicha bilim va tushunchalarni, tarixiy va milliy anʼanalarni puxta egallagan yosh kadrlarni tayyorlash hisoblanadi. 

 

 

Bugun, 10-oktyabr kuni viloyat hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Farhod Umarov, madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Jamol Nosirov va boshqa tegishli mutasaddilar mazkur taʼlim maskanida bo‘lib, qaror ijrosi doirasida bajarilayotgan ishlar, xususan, zamonaviy innovatsion yondashuvlar asosida maktabni qayta taʼmirlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash yo‘nalishida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishdilar. Bu borada kelgusidagi vazifalar ham belgilab olindi.  

Shuningdek, madaniyat boshqarmasi, muassasa rahbar-xodimlari ishtirokida maqom ijrochiligi yo‘nalishida o‘qitishning dolzarb masalalari, zamonaviy ilg‘or pedagogik usullaridan keng foydalanish, o‘quv jarayoniga yangi axborot pedagogik texnologiyalar tadbiq etishga doir masalalar ham muhokama qilindi.

 

Maʼlumot uchun, qarorga ko‘ra, 2020/2021-o‘quv yilida maqom maktab-internatlarining 5, 6 va 7-sinflariga, 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab esa – 5-sinfiga 30 nafardan o‘quvchilar tanlov asosida qabul qilinadilar.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati

Tumandagi 49-sonli umumtaʼlim maktabi viloyatda yuqori reytingda turgan taʼlim maskanlaridan. O‘quvchilarining iqtidori, fan olimpiadalari va bilimlar bellashuvlarida ko‘rsatayotgan natijalari alohida eʼtirofga munosib. Jumladan, 2018-yilda o‘tkazilgan Innovatsion olimpiadaning respublika bosqichida kimyo fanidan 10-sinf o‘quvchisi Firdavs Ahmedov birinchi, 9-sinf o‘quvchisi Akobir Narzullayev ikkinchi o‘rinni egallashgan.

2018-2019-o‘quv yilini olsak, fan olimpiadasining viloyat bosqichida kimyo fanidan yuqorida ism-shariflari keltirilgan iqtidor egalari o‘z tengsizliklarini isbotlagan bo‘lsalar, ular safida 10-sinf o‘quvchisi Sirojiddin Xayrullayev ikkinchi, tarix fanidan 9-sinf o‘quvchisi Ahliddin Hayitov uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan.

2019-2020-o‘quv yilida 11-sinf o‘quvchisi Akobir Narzullayev Vengriyaning Budapesht shahrida o‘tkazilgan 54-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida kimyo fanidan bronza medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tkazilgan 52-Xalqaro olimpiadada maxsus diplom sohibiga aylangan.

— Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda aniq va tabiiy fanlar, shuningdek, chet tillarini chuqur o‘qitish, o‘quvchilarning isteʼdodini yuzaga chiqarish, ijodiy salohiyatini o‘stirish taʼlim dargohimizning ustuvor  vazifasidir, – deydi maktab-internat direktori Valijon Sulaymonov. — Bizda har bir o‘quvchining o‘zlashtirish ko‘rsatkichi monitoring qilinib, u bilan individual ishlashga o‘tilgani yaxshi samara bermoqda.

Aniq fanlar, shuningdek, matematika fanidan iqtidorli o‘quvchilarni oliy taʼlim dargohlariga tayyorlashda maktab direktori, shu fan o‘qituvchisi Valijon Sulaymonovning hissasi katta. Aniqroq aytganda, 1992-yildan eʼtiboran aynan matematika fanidan tayyorlangan mingga yaqin o‘quvchi o‘zi tanlagan mutaxassislik bo‘yicha oliy o‘quv yurti talabasiga aylangani fikrimiz isboti. Qolaversa, fidoyi muallim V.Sulaymonov yosh avlodni barkamol voyaga yetkazish yo‘lidagi samarali mehnatlari uchun “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 10 yilligi”, 2011-yilda “Xalq maorifi aʼlochisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan. 2019-yilda Xalq deputatlari viloyat Kengashi “Faxriy yorlig‘i”ni olgan.

Shuningdek, maktab pedagoglarining “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovidagi muvaffaqiyati ham havas qilgulik. So‘nggi yillarda maktabning 7 nafar fan o‘qituvchisi mazkur mahorat bellashuvining viloyat bosqichida faxrli birinchi, ikki nafar fan o‘qituvchisi esa kimyo va biologiya fanlaridan respublikada birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

Iqtidorli o‘g‘il-qizlarning zamonaviy qiyofada qayta tiklangan maktabi qurilishiga to‘xtalsak, uni "Saʼdullayev Ro‘zimmat" MCHJ binokorlari qisqa fursatda sifatli qurib bitkazdilar. Qurilish-rekonstruksiya ishlari uchun 4 milliard 158 million so‘m mablag‘ sarflandi.

Taʼlim dargohini foydalanishga topshirish marosimida tuman mutasaddilari, pedagoglar, ota-onalar ishtirok etib, barchani aziz farzandlarimiz taʼlim-tarbiyasi yo‘lida erishilayotgan muvaffaqiyatlar, qolaversa maktabda yaratilgan shart-sharoit bilan qutladilar. Zero, avvalo ilm o‘rganish, yoshlarning bilim olishiga keng imkoniyat yaratish har qanday millatning kelajagini belgilab beruvchi muhim va ustuvor omildir.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati 

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti O‘zbekistonda xorijiy mamlakatda o‘z filialini tashkil etgan ilk oliy taʼlim muassasasiga aylandi. Institut Hindistonning Nyu-Deli shahridan 20 km uzoqlikda joylashgan Noida Xalqaro Universiteti bazasida o‘z filialini tashkil etish bo‘yicha memorandum imzoladi. Unga binoan 2020-2021-o‘quv yilidan institut professor-o‘qituvchilari MBBS (Tibbiyot va jarrohlik bakalavri) dasturi asosida o‘qishga qabul qilingan Hindiston fuqarolariga o‘z mamlakatlarida tahsil berishadi. Kelishuvga binoan, Xalqaro Noida Universiteti taʼlim jarayoni uchun zarur infratuzilma, moddiy-texnik baza, o‘quv laboratoriyalari hamda klinik bazalardan foydalanish bo‘yicha yordam ko‘rsatadi. O‘qishga qabul qilingan talabalar birinchi ikki yilni Hindistonda, qolgan 3 yilni esa Buxoroda o‘tkazishadi. Bu bugungi pandemiya sharoitida hind talabalarining o‘z Vatanlarida turib tahsil olishlari uchun ham qulay imkoniyatdir. Buxoro davlat tibbiyot instituti, Noida xalqaro instituti hamda PeopleHive kompaniyasi o‘rtasida imzolangan ushbu uch tomonlama memorandum mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalarining xalqaro jozibadorligini taʼminlashda, taʼlim eksporti orqali institut moddiy barqarorlikni oshirishda hamda xalqaro reytinglarda o‘rin egallashiga asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi.

 

Maʼlumot o‘rnida shuni taʼkidlash lozimki, Buxoro davlat tibbiyot instituti 2019-yilda Hindiston fuqarolariga taʼlim berish huquqini beruvchi Tibbiyot kengashi akareditatsiyasidan o‘tgan edi. O‘tgan o‘quv yilida 50 ga yaqin hind fuqarolari o‘qishga qabul qilingan edi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati

   Yillar davomida xalqi uchun jon kuydirib, xalqim deb , yurtim deb yonib yashab kelgan yurtdoshimiz, mexribonimiz Oʻktam Barnoyev bugun olamdan o'tdilar. U kishining bosib utgan yo'llariga nazar tashlasak, juda og'ir ammo chin dildan Vatani uchun bosib o'tgan yo'llar edi. Romitan uchun, Buxoro uchun tinmasdan , kechalari uxlamasdan mexnat qildilar. Joyingiz jannatlardan bo'lsin Oʻktam Barnoyev! Sizni Buxoro xalqi yaxshi ko'radi, hammamiz duodamiz. Yaqinlariga va oila a'zolariga hamdardlik bildiramiz. Sabr- bardoshli bo'linglar. Ortlaridan qolgan farzandlariga u dunyo, bu dunyo saodatini bersin.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash