Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Respublikamiz aholisi sonining yildan - yilga oshib borishi, demografik holatdagi o'zgarishlar, turli millat va elatlarning respublika xududlari bo'ylab joylashuvini monitoring qilish bo'yicha amalga oshiriladigan tadbirlar birinchi navbatda mamlakatimizdagi aholi sonini bosqichma-bosqich o'rganish va umumiy aholi soniga aniqlik kiritish ishlari bilan bevosita bog'liqdir.
Ushbu masalalarda, ya'ni aholishunoslikda, avvalo, ishlatiladigan ayrim terminlarga to'xtalib o'tamiz, jumladan: aholini ro'yxatga olish - bu axolining demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma'lumotlarini yig'ish, umumlashtirish, tahlil qilish va chop etishning yagona jarayoni bo'lib, u ma'lum bir vaqtda mamlakatdagi barcha shaxslarga yoki uning aniq chegaralangan qismiga tegishlidir. Bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko'lamli tadbir bo'lib, aholi to'g'risidagi ishonchli axborot manbai bo'lib hisoblanadi.

Aholini ro'yxatga olish yakunlariga qarab, o'tmish va xozirgi davr xaqida fikr va muloxazalar yuritish xamda kelajakni prognoz qilish mumkin bo'ladi. Qator holatlarda aholini ro'yxatga olish - aholining yoshi, jinsi, milliy tarkibi, ma'lumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tavsiflari xaqida ma'lumotlar olishning yagona manbai bo'lib xizmat qiladi.
Aholi qadim zamonlarda ham davlatlarning soliq va xarbiy xarakatlariga va ularning ma'muriy tuzilmalari vazifalariga bog'liq edi. Xatto qadimgi Xindiston qonunlarida Manu hukmdorlariga ularning kuchlarini o'rganish va soliqlarni aniqlash uchun aholini hisobga olish topshirilganligi xaqida ma'lumotlar mavjud. Misrda qadimgi qirollik davridan ( eramizdan avvalgi 2800-2250 yillardan ) boshlab aholi tadqiqotlari o'tkazilgan. Shu bilan birga, qadimgi Mesapotomiyada aholining so'rovlari xaqida ma'lumot mavjud. Qadimgi Xitoy va qadimgi Yaponiyada aholi soni aniqlanganligi xaqida dalillar mavjud. Birinchi to'liq ro'yxatga olish 1790 yilda Qo'shma Shtatlarda o'tkazilgan.

Birlashgan Millatlar tashkilotining 2020 yilda Butunjahon aholi va uy-joy fondini ro'yxatga olish dasturining qo'llab-quvvatlanishini e'tiborga olgan xolda, aholi sonining aniqligi juda dolzarbligini anglatadi.
Respublikamizda iqtisodiy va ijtimoiy ma'lumotlarning aniqliligini ta'minlash va aholining yoshi, jinsi, milliy tarkibi, ma'lumot darajasi, nikoh xolati, bandligi va boshqa tavsiflari xaqida ma'lumotlar olish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro'yxatga olishni o'tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi PF-5655-son Farmoniga muvofiq, respublikamizda 2022 yilda aholini ro'yxatga olish tadbirini o'tkazish belgilandi.
Bu Farmon ijrosi yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqildi va O'zbekiston Respublikasining “Aholini ro'yxatga olish to'g'risida”gi qonuni loyixasi muhokamaga qo'yildi.

Aholini ro'yxatga olish tadbiri iqtisodiy jihatdan bizga nima beradi ?
Birinchidan, aholini ro'yxatga olish mehnat va uy-joy bozorlarini rejalashtirish, respublika byudjetini tuzish, transport siyosatini yuritish, elektr energetika, ijtimoiy ta'minot, sog'liqni saqlash va ta'lim sohalari, til va diniy siyosat masalalarida juda muhim ahamiyatga ega. Bir so'z bilan aytganda, qaysi sohada bo'lmasin, kelajakni bashorat qilish zarur bo'lgan hollarda aholini ro'yxatga olish natijalarisiz rejalashtirib bo'lmaydi.
Ikkinchidan, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko'rsatkichlarni (yalpi ichki mahsulot, aholi daromadlari, sanoat mahsuloti xajmi, iste'mol mahsulotlari xajmi, aholiga ko'rsatiladigan xizmatlar xajmi, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini) hisoblashda foydalaniladi.
Uchinchidan, respublika va xududlarni, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam ko'rsatish bo'yicha dasturlarni manzilli ishlab chiqishda axborot manbai sifatida xizmat qiladi.

To'rtinchidan, aholi punktlarining infratuzilmasini yaxshilashda, mehnat resurslaridan foydalanish va joylashtirish bo'yicha qisqa, o'rta va uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqishda ishlatiladi.
Bunday ma'lumotlar ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni oldindan baholash, bandlik sohasidagi siyosatni belgilash, ijtimoiy siyosat va aholi salomatligi bo'yicha dasturlarni yaratishda, shuningdek, davlat hokimiyati organlarining vazifalarini bajarishi, ilm-fan va jamiyatni axborot bilan ta'minlash uchun zarurdir.
O'zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro'yxatga olishni o'tkazish konsepsiyasiga muvofiq, aholini ro'yxatga olish tadbirlarini o'tkazish bilan bog'liq xarajatlar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining xujjatlariga va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq, belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun ko'zda tutilgan O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari va qonun bilan ta'qiqlanmagan boshqa mablag'lar hisobiga moliyalashtiriladi.

Moliyalashtirish uchun zarur mablag'lar xajmi O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va boshqa mas'ul idoralar hisob-kitoblari asosida, shuningdek, tender savdolari va tender hujjatlarini rasmiylashtirish natijalari bo'yicha aniqlanadi.
Aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazishga, uning materiallarini qayta ishlashga, natijalarini olish va e'lon qilishga jalb etilgan xodimlarning mehnatiga haq to'lash maxsus ishlab chiqilgan va tasdiqlangan normativlar asosida amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, 2022 yilda aholini ro'yxatga olishni o'tkazish bo'yicha xalqaro tashkilotlar bilan bilan ham tashkiliy, uslubiy va moliyaviy jihatlar bo'yicha xamkorlik qilinmoqda, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg'armasi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Statistika komissiyasi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi va boshqa shu kabi xalqaro tashkilotlarni keltirish mumkin.

Vobkent tuman statistika
bo'limi boshlig'i v.b. A.Xasanov,
Vobkent tuman statistika bo'limi
bosh mutaxassisi T.Tursunov

 

 

Joriy yilning 27 iyun kunida Kogon tuman statistika bulimi boshligi (M.Xodjieva) boshchiligida tuman xodimlari va maxalla fukarolar yiginidagi mutaxasislari bilan birgalikda, xamda 28 iyun kuni tumandagi kup tarmokli markaziy poliklenikasida tuman tibbiet xodimlari urtasida “Axolini ruyxatga olish barchaga va xar bir insonga daxldor” mavzusida seminar yigilishi bulib utdi.
Avvalom bor axolini ruyxatga olish- xar qanday davlatning tarixi - bu, birinchi navbatda, unda yashaydigan xalqning tarixi, aholisining soni va tarkibi, uning iqtisodiy va ijtimoiy tavsiflarida o'z ifodasini topadi. Aholi soni bo'yicha aniq va yaxlit ma'lumotlar aholini ro'yxatga olish asosida olinadi.
Aholini ro'yxatga olish yakunlariga qarab o'tmish va hozirgi davr haqida fikr va mulohazalar yuritish hamda kelajakni prognoz qilish mumkin bo'ladi.

Qator holatlarda aholini ro'yxatga olish - aholining yoshi, jinsi, milliy tarkibi, ma'lumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tavsiflari haqida ma'lumotlar olishning yagona manbai bo'lib xizmat qiladi.
Aholini ro'yxatga olish - bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko'lamli tadbir bo'lib, aholi to'g'risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi.


Kogon tuman statistika
bo'limi boshlig'i
M.Xodjieva

Davlatimiz rahbarining 2019 yil 5 fevraldagi «O’zbekiston Respublikasida
2022 yilda aholini ro’yxatga olishni o’tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida»gi farmoniga muvofiq, O’zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro’yxatga olish o’tkazilishi belgilandi.

Mamlakat,  uning  iqtisodiy  tumanlari  xalq  xo’jaligini  hududiy  tashkil  qilish  va  rivojlanishida aholini soni, tarkibi, takror barpo qilinishi rejasi, ishlab chiqarish malakalari, kabi ko’rsatkichlar katta ahamiyatga ega. Aholi ko’pgina xususiyatlariga ko’ra mamlakatning turli mintaqalarida bir-biridan farq qiladi. Aholining  takror  barpo  qilinishi  ko’rsatkichlari  yosh  va  jinsiy  tarkibi,  iqtisodiy  faol  aholining  xalq xo’jaligi  tarmoqlari  bo’yicha  taqsimlanishi,  aholining  hududiy  taqsimlanishi  bilan  xarakterlanadi. Aholi dinamikasi. O’zbekiston Respublikasining aholisi 2019 yil 1 yanvar holatida 33,2 mln kishidan  iborat.  aholisining  soniga  ko’ra  O’zbekiston  hamdo’stlik  mamlakatlar orasida Rossiya Federatsiyasi  va  Ukrainadan  keyin  3-o’rinda  turadi  aholini  son  jihatidan  o’sishi  (dinamikasi)  uning takror barpo qilinish jarayoni (tug’ulish, o’lim va tabiiy o’sish), hamda mexanik harakati (migratsiya) bilan chambarchas bog’liqdir. Bu jarayonning kelishiga aholi o’rtacha shakllangan murakkab tarixiy -ananaviy va ijtimoiy va iqtisodiy xususiyatlar ham katta tasir ko’rsatadi. O’zbekiston juda murakkab tarixiy rivojlanish yo’lini bosib o’tdi. Uning ko’hna tarixiy zamining gurkirab rivojlanishi va tanazzuli, jangu jadallar oqibati bo’lgan vayronalilar va ularning yaratuvchisi namunalari, madaniy yuksalish va siyosiy  qarashlar  davrini  demografik  va  migratsion  holatiga  kuchli  tasir  etdi.  1865  yilda  hozirgi O’zbekiston hududida, 3 mln 320 ming aholi yashagan. 1897 yilga kelib esa uning aholisining soni 3 mln  948  ming  kishiga  yetgan,  yani  32  yil  moboynida  19%  ko’paygan,  bu  davrda  aholining  o’sish darajasi atiga 0,55% ni tashkil etgan. 1913-1940 yillarda O’zbekiston aholisi yiliga 1,5% dan o’sib bordi.  Aholining  soni  jihatdan  o’sish  bosqichlarida  II-jahon  urushi  yillari  alohida  ajralib  turadi. urush  tufayli,  erkaklarning  uzoq  muddatga  oilasidan  tashqarida  qolishi,  joylarda  halok  bo’lishi, amalga  oshirilishi  lozim  bo’lgan  ko’plab  nikohlarning  kechiktirilishi,  aholining  jinsiy  tarkibining buzilishi  hollari  faqatgina  urush  yillaridagina  emas,  balki  undan  keyin  ham  ko’p  yillar  davomida aholining  demografik  tarkibiga  tasir  ko’rsatib  turadi.  Urush  yillarida  aholi  dinamikasida  chuqur uzilishlar kuzatilgan bo’lsada, undan keyingi yillarda, demografik statistikada rasman tan olinganidan, aholini to’ldirish davri demografik faolligi tufayli O’zbekistonda aholi soni nisbatan tez o’sdi. 1940-1959  yillarda aholining yillik o’sish suratlari 1,1%ni tashkil qildi. 1959 va 1970 yillarda o’tkazilgan aholi ro’yxatlari orqali u davrida O’zbekiston aholisining yillik o’sish suratlari 3,35% ni tashkil etdi, aholining umumiy soni esa 3,7mln kishi (45%) ko’paydi. Shu davrda O’zbekiston aholisining o’sish suratlari sobiq sovet davri aholisi o’sish suratlariga nisbatan 2,9 martaba yuqori bo’ldi. 1970 va 1979 yillarda o’tkazilgan aholi ro’yxatilari oraliq davrida O’zbekiston aholisining o’rtachi yillik o’sish surati 3%  ni  sobiq  sovet  davrida  0,9%  tashkil  etdi.  Garchi  60  yillardagi  tug’ilish  pasaygan  davr  avlodi tiklanish  (reproduktiv)  yoshga  kirgan  bo’lsada,  aholi  sonining  yuqori  suratlarda  o’sishi  80-yillarda ham  davom  etdi,  1979 va  1989  yillarda  o’tkazilgan  aholi  ro’yxati  malumotlariga  ko’ra,  keyingi  10-yilda O’zbekiston aholisi 4,5 mln kishiga ko’payib, uning o’rtacha yillik o’sish surati 2,6% ni tashkil etdi.  Bu  ko’rsatkich,  O’zbekistonda,  sobiq  sovet  davrining  boshqa  respublikalarida  va  jahonning deyarli barcha davlatlarida  aholining ko’payishi suratlarida kuzatilayotgan tabiiy sustlashish jarayoni sodir  bo’layotganidan  dalolat  beradi. 

Aholi  dinamikasi  malumotlari  shuni  ko’rsatadiki,  sovet hokimiyati  yillarida  O’zbekiston  aholisi  tez  ko’payib  bordi.  1926-199O  yillar  orasida  O’zbekiston aholisi 436,1% ko’paydi. Bu ko’rsatkich Tojikistondan keyin barcha hamdo’stlik davlatlari orasida eng yuqori ko’rsatkich hisoblanadi, yani sobiq sovet davrining ushbu davrdagi aholi ko’payish suratlariga nisbatan 2,2 marta ortiqdir. Aholi sonining o’sib borishi va ancha yuqori suratlar bilan o’sib borishi natijasida O’zbekistonning sobiq sovet davridagi bu salmog’i tobora ortib bordi. Masalan, 1926 yilda O’zbekistonning  sobiq  Ittifoq  aholisi  solmog’idagi  ulushi  3,1%  ni  tashkil  etgan  bo’lsa,  1940  yilda 3,4%ni, 1959 yilda 3.9%ni, 1970 yilda 4,9%ni , 1979 yilda 5,8% ni va 1989 yilda 6,9% ni tashkil qildi.O’zbekiston aholisining bunday yuqori suratlar bilan o’sishi asosan aholining tabiiy ko’payishi hisobiga  ro’y  bermoqda. 

 

 

 

 

                                                                                                                                                                                                                                                 Qishloq xo’jaligi va ekologiya  statistikasi bo’limi boshlig’I  Sh.Shodiyev

O'zbekiston Respublikasi aholisi va uning farovonligi to'g'risidagi ishonchli ma'lumot uzoq muddatli prognozlar va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadli dasturlarini, yangi ish o'rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash dasturlarini ishlab chiqish, barqaror rivojlanish Milliy maqsadlari indikatorlarini shakllantirish, mehnat resurslari joylashuvi va ulardan foydalanish jarayonlarini o'rganish, ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun muhim poydevor hisoblanadi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2020 yilda Butunjahon aholi va uy-joy fondini ro'yxatga olish dasturini qo'llab-quvvatlashini e'tiborga olgan holda, shuningdek, aholi sonining aniq hisoblab chiqilishini ta'minlash, aniq belgilab qo'yilgan yagona hisobga olish davrida aholining jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, ma'lumoti, hayot darajasi, yashash sharoiti, bandligi, millati, fuqaroligi hamda boshqa demografik, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari bo'yicha yakka tartibda hisobga olish va batafsil tavsiflash maqsadida O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI RO'YXATGA OLISHNI O'TKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TO'G'RISIDA O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI TASDIQLANDI (2019 yil 5 fevral PF-5655-son.

Aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish ishlari keng qamrovli tadbir bo'lib, ketma-ket hamda bir vaqtning o'zida tegishli tadbirlarni amalga oshirish mumkin bo'lgan bosqichlarni o'z ichiga oladi.

 

Romitan tuman statistika bo'limi 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5-fevralda “O'zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro'yxatga olishni o'tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida” PF-5655 sonli farmoni imzolandi.
Mustaqillik yillarida O'zbekiston Respublikasida aholini ro'yxatga olish o'tkazilmagan. Aholi soniga, yosh-jins tarkibiga keskin ta'sir ko'rsatgan o'zgarishlar, respublika hududidagi aholi joylashuvi xususiyatlari va boshqa ijtimoiy-demografik o'ziga xosliklar aholining joriy hisobiga oid mavjud ma'lumotlarni qo'llashni sezilarli darajada cheklamoqda.
Aholini ro'yxatga olish mamlakatda yashovchi barcha aholiga tegishli bo'lgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma'lumotlarni yig'ish, umumlashtirish, baholash, tahlil qilish va e'lon qilishning yagona jarayonini o'z ichiga olib, aholi to'g'risidagi ma'lumotlarning asosiy manbai hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi Aholini ro'yxatga olishni tashkil etish:
· Respublika darajasida;
· Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasida;
· tumanlar va shaharlar darajasida amalga oshiriladi.
Aholini ro'yxatga olishni o'tkazish bo'yicha xalqaro tavsiyalar va xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda, aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish ishlari uch bosqichni o'z ichiga olib, ularning doirasida tadbirlar ham bosqichma-bosqich, ham bir vaqtning o'zida o'tkazilishi mumkin:
1. Birinchi bosqichda 3 yilga yaqin davrda;1. Ikkinchi bosqichda 10 kundan 60 kungacha bo'lgan davrda;
2. Uchinchi bosqichda 2 yildan 3 yilgacha bo'lgan davrda aholini ro'yxatga olish natijalarini e'lon qilish va tarqatish bilan tugaydi.
Aholini ro'yxatga olish natijalari rasmiy bosma mavzuli nashrlar ko'rinishida, shuningdek, elektron manbalarda (o'zbek, rus va ingliz tillarida), foydalanuvchilarning keng ommasi uchun ommabop nashrlarda (risolalar, press-relizlar, atlaslar, taqdimot materiallarida) e'lon qilinadi.

 


Qorako'l tuman statistika bo'limi.

Tugmani bosing Tinglash