Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech
Maqola

Yurtimizda tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yish va uni kengaytirgan holda ko'proq daromad orttirish uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yetarli.

Buxoroda viloyat prokuraturasi, ichki ishlar boshqarmasi hamda viloyat davlat soliq boshqarmasi mas'ul xodimlaridan tuzilgan ishchi guruhlari tomonidan qonuniy tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'ygan shaxslarni qo'llab-quvvatlash hamda noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini oldini olish orqali soliq solish bazasini kengaytirish maqsadida olib borilayotgan chora-tadbirlar natijasida ijobiy o'zgarishlar ko'zga tashlanmoqda.

Ushbu ko'rsatkichlarni viloyat misolida aytadigan bo'lsak, 2018 yil oktyabr oyining o'zida jami to'rt mingga yaqin fuqarolarning faoliyati qonuniylashtirildi.

Jumladan:

1600 nafardan ortiq fuqarolar yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro'yxatidan o'tdi;
1300 nafarga yaqin faoliyatini vaqtincha to'xtatib, amalda esa tadbirkorlikni davom ettirayotgan fuqarolarning faoliyati qayta tiklandi;
Konvert usulida haq olib kelayotgan 760 nafardan ortiq fuqarolar aniqlanib, ularning yollanma ishchi sifatida ro'yxatdan o'tkazilishi natijasida ushbu fuqarolarning doimiy ish bilan bandligi ta'minlandi;
300 nafarga yaqin tadbirkorlarning soliqdan qochish hatti-harakatlari aniqlanib, ularning faoliyati amaldagi faoliyatiga moslashtirildi;
550 nafarga yaqin shaxslarning aholiga noqonuniy ravishda pullik transport xizmatini ko'rsatish faoliyati belgilangan tartibda qonuniylashtirildi;
10 nafarga yaqin shaxslarning noqonuniy ravishda konsert tomosha xizmatini ko'rsatish faoliyati qonuniylashtirildi.
Natijada, mahalliy byudjetga qo'shimcha ravishda har oy 1 milliard 400 million so'mdan ortiq mablag' kelib tushishi ko'zda tutilmoqda.

Bu kabi tadbirlar viloyatda davom etirilmoqda.

Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi

Jamoatchilik bilan aloqalar va

huquqiy axborot sho''basi

 

Tugmani bosing Tinglash