Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech
Maqola


Tadbir avvalida viloyat hokimi O'.Barnoev so'zga chiqib, yig'ilganlarni yangi yil bayrami bilan tabrikladi. Shundan so'ng 2018 yilda sport sohasini rivojlantirish yo'lida qo'yilgan muhim qadamlar, ayniqsa, viloyatimiz yoshlarining jahon arenalarida qo'lga kiritilgan yutiqlarini alohida e'tirof etdi.
Viloyat hokimining bu tadbirga an'anaviy tus berish borasidagi taklifi yig'ilganlar tomonidan iliq kutib olindi.


Milliy Olimpiya Qo'mitasi Prezidenti Umid Axmadjonov esa o'z nutqida Shahram G'iyosov, Shahobiddin Zoirov, Abbos Atoevga o'xshagan jahon darajasidagi sportchilarni tarbiyalayotgan Buxoro maktabiga o'zining chuqur minnatdorchiligini bildirdi.
Shundan so'ng 2018 yilning oktyabr oyida Buenos-Ayres shahri (Argentina) mezbonligida o'tgan III yoshlar Olimpiya o'yinlarining bosh sovrinini qo'lga kiritgan erkin kurashchimiz Umid Jalolov hamda “charm qo'lqop sohibi” Abdumalik Xalakovlarga “Spark” avtomoshinalari tantanali topshirildi.


Bundan tashqari Paraosiyo o'yinlari sovrindolari Sherzod Namozov, Shirin Sharipov, Feruz Sayidov, Shuxrat Boboev, Sharif Xalilov, Muhammad Rixsinov va ularning murabbiylari hamda futbol bo'yicha yoshlar chempionatida kumush medalni qo'lga kiritgan “Buxoro” yoshlar jamoasi a'zolari esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Tugmani bosing Tinglash