Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning 2019 yil 29-30 mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi davomida viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy salohoyatini oshirish va mamlakatimizga xorijiy sayyohlar oqimini ko'paytirish, xususan, janubi-sharqiy Osiyo mintaqasidagi eng ko'p musulmonlar yashaydigan va mintaqaning iqtisodiy barqaror davlati Indoneziyadan mamlakatimizga keladigan sayyohlar oqimini keskin oshirish, halol turizm sohasida xizmat ko'rsatuvchi mutaxassislarni tayyorlash va xalqaro mehmonxona brendlarini olib kirish yuzasidan bir qator topshiriqlar berildi.

Yuqoridagi topshiriqlar ijrosi yuzasidan, joriy yilning
21-22 aprel kunlari nufuzli oliy ta'lim muassasalarining 32 kishilik delegatsiyasi Buxoro viloyatiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida kelgusida mamlakatizga keladigan indoneziyalik sayyohlarning soni keskin oshishini inobatga olib, Buxoro Davlat Universiteti negizida indonez tili mutaxassislarni tayyorlash bo'yicha o'quv kursi tashkil etish, halol turizm xizmatlarini tashkil etish bo'yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash va zamonaviy mehmonxona xizmatlatlari sohasida hamkorlikni yo'lga qo'yish kabi dolzarb masalalarda muzokaralar olib borildi.

Muzokaralar natijasida, Indoneziyaning Gunadarma Universiteti, Hamka nomidagi Muhammadiya universiteti, Dian Nusantara universiteti, Bayankara universiteti kabi oliy ta'lim muassasalari va Buxoro Davlat Universiteti o'rtasida o'zaro professor o'qituvchilar almashinuvini tashkil etish, ilmiy hamkorlik qo'shma ta'lim dasturlarini yaratish, hamkorlikda konferensiyalarni tashkil etish bo'yicha 14 ta kelishuvlarga imzo chekildi.

Kelishuvlar doirasida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar va ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan Dian Nusantara universiteti rektori professor Dr.Suharyadi va Indoneziya oliy ta'lim vazirligi vakili Dr. Illah Sillah so'zga chiqib, so'ngi ikki yilda ikki mamlakat o'rtasida vizasiz tartibning joriy etilganligi natijasida sayyohlar sonining 2 yarim barobarga oshganligi va indonezyaliklar o'rtasida O'zbekistonning muqaddas qadamjolarini ziyorat qilishga qiziquvchilar kundan-kunga ko'payib borayotganligini alohida ta'kidlab o'tishdi.

Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilari kelgusida zamonaviy turizm bozori talablariga mos infratuzilmani shakllantirish maqsadida viloyatga tashqi mehmonxona boshqaruvini joriy etish bo'yicha ham kelishib olishdi.

Buxoro viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash