Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Qorako'l tuman hokimligi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Qorako'l tuman kengashi, Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Qorako'l tuman bo'limi hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirning ochilish marosimida so'zga chiqqanlar mamlakatimiz miqyosida qisqa vaqt davomida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar jarayonida yoshlarning intellektual salohiyatini yanada yuksaltirish, iste'dodli yigit-qizlarni aniqlash va rag'batlantirishga katta e'tibor qaratilayotgani alohida ta'kidlashdi.

Joriy yilning 21 noyabr kuni Buxoro davlat universitetida Yaponiyaning Vakayama universiteti, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg'armasi hamda O'zbek-yapon markazi hamkorligida “BuxDU-Vakayama turizm ta'limi va tadqiqotlari markazi” ochilishi marosimi bo'lib o'tdi

Joriy yilning 19 noyabr kuni Buxoro shahar Davlat xizmatlari markazi ishga tushirildi.
Tadbirni tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi O'ktam Barnoev, Adliya vaziri Ruslanbek Davletov, viloyat sektor rahbarlari hamda mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etishdi.
Markazda tashrif buyuruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida Davlat xizmatlarini olish jarayoni haqida so'zlab beradigan robot, bepul WiFi, shuningdek, kutish vaqtini yanada mazmunli o'tkazish uchun yaratilgan elektron kutubxona kabi yangi sharoitlar mavjud.

Kogon va Vobkent tumanlarida yangilangan namunaviy loyihalar asosida kurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi

Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta'minlash, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish - davlat siyosatining muhim yo'nalishi sifatida belgilangan.

Shu munosabat bilan joriy yilning 9 noyabr kuni Buxoro shahridagi “Yoshlar markazi”da Buxoro viloyat Xotin-qizlar qo'mitasining hisobot saylov konferensiyasi bo'lib o'tdi.

Tugmani bosing Tinglash