So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 7- oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Statistika boshqarmalarining Narx statistikasi boʻlimi xodimlari uchun narxlar statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, xizmatlar sohasining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 47,9 % ni tashkil etgan.

2024- yilning 1- sentabr holatiga 14 562 ta chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida viloyatining chakana savdo tovar aylanmasi 12 011,4 mlrd so‘mni tashkil etib, 2023- yilning yanvaravgust oylariga nisbatan 108,8 % ga yetdi.

Oʻzbekiston 2024- yil yanvar-avgust oylarida qiymati 42,7 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 162 ming tonna karam eksport qilgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston Respublikasida bino va inshootlar qurilishi boʻyicha 74,7 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida moliyaviy xizmatlar hajmi 86 468,3 mlrd soʻmga yetgan.

2024- yil yanvar-avgust holatiga ko‘ra yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari soni 3 700 tani tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida 157,7 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Turkiyaga turistik maqsadlarda safarga chiqqan.

Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 285,2 ming tonna polietilen ishlab chiqarilgan.

Respublikamizda 2024- yilning yanvar-avgust oylarida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish sohasida 4 678 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida respublikada transport xizmatlari hajmi 80 684 mlrd soʻmni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston Respublikasida uy xoʻjaliklari tomonidan uy-joylarni taʼmirlash boʻyicha 2,4 trln soʻmlik ishlar bajarilgan.

2024- yil yanvar-avgust oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan viloyatimizda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 22 359,6 mlrd so'mni tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning yanvar–iyun oylarida respublikamizdagi fermer xo‘jaliklari tomonidan 4 669,8 ming tonna don va dukkakli don ekinlari yetishtirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024- yilning yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 629,5 ming dona yengil avtomobillar uchun shinalar ishlab chiqarilgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida 12,7 ming nafar Buyuk Britaniya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga kelishgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylar holatiga o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 5 856,7 ming so‘mni (2023- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 107,0 %) tashkil etdi.