Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

2021- YIL 1- MAY HOLATIDA DEHQON BOZORLARIDAGI AYRIM TOVARLARNING O'RTACHA NARXLARI

1 / 17
Navli bug‘doy uni - 4870
2 / 17
Guruch - 8682
3 / 17
Kartoshka - 4088
4 / 17
Karam - 2094
5 / 17
Pomidor -11441
6 / 17
Bodring - 9837
7 / 17
Sabzi - 2950
8 / 17
No‘shpiyoz - 1944
9 / 17
Olma - 11113
10 / 17
Mol go‘shti - 57621
11 / 17
Qo‘y go‘sht - 53547
12 / 17
Tovuq go‘shti - 20092
13 / 17
Turli baliqlar - 23317
14 / 17
Yangi sog`ilgan sut (litr) - 3902,91
15 / 17
Sariyog‘ - 51258
16 / 17
Tuxum(10 dona) - 10118
17 / 17
Tandir non (dona) - 2879

Mamlakat fuqarolari to'g'risidagi ma'lumotlar har qanday davlat milliy statistikasining muhim qismi sanaladi. Bunday ma'lumotlar ma'lum vaqt oralig'ida aholini ro'yxatga olish tadbirlari orqali to'planadi. Ular nafaqat respublika, balki Yer yuzi aholisining soni, ijtimoiy holati, daromadlari kabi bir qancha muhim axborotlarni hisoblab borishga xizmat qiladi.

BMT dunyo mamlakatlariga fuqarolar bilan yuzaga keladigan bir qator ijtimoiy muammolarning yechimi hamda iqtisodiy ko'rsatkichlarning demografik ko'rsatkichlar bilan mutanosib ravishda o'sib borishini ta'minlash uchun har o'n yilda kamida bir marotaba aholini ro'yxatga olish tadbirini o'tkazishni tavsiya etadi. Afsuski, yurtimizda mustaqillikdan so'ng keng ko'lamda aholini ro'yxatga olish tadbiri o'tkazilmagan. Shu bois, mamlakatimizda ilk bor 2023- yilda o'tkazilishi ko'zda tutilgan aholini ro'yxatga olish tadbiriga ayni paytda qizg'in tayyorgarlik ko'rilmoqda. 

Aholini ro'yxatga olish mamlakat hududida millati, elatidan qat'iy nazar barcha insonlarni birlashtiradigan umummilliy tadbir bo'lib, uning o'tkazilishidan barchamiz, siyosiy qarashlarimiz va ijtimoiy mavqeimizdan qat'i nazar birdek manfaatdormiz. Boisi, mazkur yirik ijtimoiy tadbir orqali, birinchi navbatda, jami aholining soni (2021- yil 1- yanvar holatiga respublika aholisi 34 558,9 ming kishi tashkil etgan), fuqaroligi, nikoh holati ya'ni rasmiy nikoh, norasmiy nikoh yoki erta nikoh, odamlarimizning ta'lim darajasi (o'rta, o'rta maxsus yoki oliy), yashash uchun daromad manbalari, uysizlar soni, uy xo'jalinining yashash sharoitlari kabi bir qancha ko'rsatkichlar bo'yicha bugungi kunda yetarlicha mavjud bo'lmagan ma'lumotlar bazasi shakllantiriladi. Shaharcha, mahalla, qishloq va ovullar soni hamda ularning chegaralari, turar joylar soni, ulardagi mavjud shart-sharoitlar to'g'risidagi ma'lumotlarga aniqlik kiritiladi.

Matbuot xizmati

 

      Joriy yilning 12-may kuni Shofirkon tumani statistika bo'limi xodimlari tomonidan Shofirkon tuman 16- maktabda yurtimizda 2023- yilda o‘tkaziladigan aholini ro`yxatga olish ishlariga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mavzusida o`quv seminari tashkil etildi.

       Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 710- sonli qarorining mazmun-mohiyati hamda uning ijrosi bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, aholini roʻyxatga olishning dolzarbligi, shakllantiriladigan ma’lumotlarning ijtimoiy-iqtisodiy davlat dasturlarini ishlab chiqishdagi muhim ahamiyati toʻgʻrisida soʻz yuritildi.

 Seminar davomida ishtirokchilarga aholini roʻyxatga olish savolnomasi shakllarini toʻldirish bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.

Matbuot xizmati

 </p

 

      Joriy yilning 12-may kuni Shofirkon tumani statistika bo'limi xodimlari tomonidan Shofirkon tuman 17- maktabda yurtimizda 2023- yilda o‘tkaziladigan aholini ro`yxatga olish ishlariga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mavzusida o`quv seminari tashkil etildi.

       Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 710- sonli qarorining mazmun-mohiyati hamda uning ijrosi bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, aholini roʻyxatga olishning dolzarbligi, shakllantiriladigan ma’lumotlarning ijtimoiy-iqtisodiy davlat dasturlarini ishlab chiqishdagi muhim ahamiyati toʻgʻrisida soʻz yuritildi.

 Seminar davomida ishtirokchilarga aholini roʻyxatga olish savolnomasi shakllarini toʻldirish bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.

Matbuot xizmati

 

# MICS_ Jarayon _ Buxoro

# Jondor tumani Ibn Sino  MFY

# 2021- yil _  11-may

 

RASMIY STATISTIKA

 

 

Tugmani bosing Tinglash