Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

2021- YIL 1- APREL HOLATIDA DEHQON BOZORLARIDAGI AYRIM TOVARLARNING O'RTACHA NARXLARI

1 / 17
Navli bug‘doy uni - 4833
2 / 17
Guruch - 8593
3 / 17
Kartoshka - 3856
4 / 17
Karam - 1931
5 / 17
Pomidor -12072
6 / 17
Bodring - 12782
7 / 17
Sabzi - 1970
8 / 17
No‘shpiyoz - 1896
9 / 17
Olma - 10059
10 / 17
Mol go‘shti - 56749
11 / 17
Qo‘y go‘sht - 53341
12 / 17
Tovuq go‘shti - 20530
13 / 17
Turli baliqlar - 22598
14 / 17
Yangi sog`ilgan sut (litr) - 3907
15 / 17
Sariyog‘ - 51208
16 / 17
Tuxum(10 dona) - 9869
17 / 17
Tandir non (dona) - 2866

2020- yilning 1- iyun kuni davlatimiz rahbari boshchiligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

demoichi1230421

Shundan kelib chiqib, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan belgilangan aniq reja asosida, qo‘mita markaziy apparati va hududiy statistika idoralari xodimlarini tizimli o‘qitish bo‘yicha dastur ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

demoichi2230421

Mazkur grafik asosida 2020- yilda tizim xodimlarining malakasini oshirish hamda sohaga doir bilim va salohiyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan onlayn seminarlar tashkil etilgan edi.

demoichi3230421

2021- yilning 23- aprel kuni Davlat statistika qo‘mitasi Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi tomonidan hududiy boshqarmalar xodimlar malakasini oshirishga qaratilgan videokonferensiya tashkil etildi.

demoichi4230421

Videokonferensiyada Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari va hududiy statistika boshqarmalari vakillari ishtirok etdi. Tadbirda doimiy aholisi soni hisoblash usullari, demografik holatni baholash hamda ish haqi hisoblash metodikalari bo‘yicha qo’mita mutaxassislari hududiy statistika boshqarmalari xodimlarining bilim va salohiyatini o’rgandi. Shuningdek, Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig’i Yuldoshev Zoyir Toshkanovich demografiya va mehnat statistikasi ishlarini shakllantirish va takomillashtirish masalalari yuzasidan o’z takliflarini berib o’tdi.

demoichi5230421

Tadbirda qo‘mita va hududiy boshqarma xodimlari sohadagi mavjud muammo va kamchiliklarni muhokama qilgan holda tizimni rivojlantirish bo‘yicha fikr-mulohaza almashdi. Hududiy statistika boshqarmalari xodimlariga qo‘mita mutaxassislari tomonidan amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar berildi.

 Matbuot xizmati 

2020- yil yakuni bo‘yicha hisobot ma'lumotlariga ko‘ra,45 ta sug‘urta kompaniyasi tomonidan 5941108 ta shartnomalar tuzilgan yoki  2019- yilning shu davriga nisbatan solishtirilganda 80,3 foizni tashkil etdi.

oriy yilning 20- aprel kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahridagi "Ahillik" mahalla fuqarolar yig'inida Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS) jarayonlarini o‘rganish bo‘yicha mediatur o‘tkazildi.

micsichi1230421

Mazkur tadbirda, Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasining supervayzer va intervyuerlaridan iborat ishchi guruhi a'zolari OAV vakillarini multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS) jarayoni bilan yaqindan tanishtirdi.

micsichi2230421

micsichi3230421

Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS)ni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad aholining yashash sharoitlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni shuningdek, 15 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lgan ayollar bilan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarini, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar to‘g‘risida onalari yoki vasiylaridan olingan aniq ma'lumotlarni, aholi turmush darajasi, yashash joyi (shahar yoki qishloq) va jinsi bo‘yicha to‘plangan barcha ma'lumotlarni mamlakatlar miqiyosida xalqaro darajada taqqoslash imkonini beradi.

micsichi4230421

micsichi5230421

Ushbu tadbir davomida mamlakatimizning 726 ta mahallasida ayollar, bolalar va uy xo'jaliklarining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligi to‘g‘risida muhim ma‘lumotlarni yig'ishdan iborat. Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS) ma'lumotlarini yig'ish 2021- yil 31- iyulgacha davom etadi.

Matbuot xizmati

Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, 2021– yilning yanvar – mart oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 29 891,6 mlrd. so‘mni shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 28 215,8 mlrd. so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 1 419,9 mlrd. so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi – 255,9 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

 

2020- yilning 1- iyun kuni Prezidentimiz boshchiligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

Xizmatlarichi123042021

Shundan kelib chiqib, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan belgilangan aniq reja asosida, qo‘mita markaziy apparati va hududiy statistika idoralari xodimlarini tizimli o‘qitish bo‘yicha dastur ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

Mazkur grafik asosida 2020- yilda tizim xodimlarining malakasini oshirish hamda sohaga doir bilim va salohiyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan onlayn seminarlar tashkil etilgan edi.

Xizmatlarichi223042021

Shu yilning 23- aprel kuni Davlat statistika qo‘mitasi Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi tomonidan “Xizmatlar sohasi statistikasini yuritishda xodimlar malakasini oshirish”ga qaratilgan videokonferensiya tashkil etildi.

Videokonferensiyada Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari va hududiy statistika boshqarmalari vakillari ishtirok etdi. Tadbirda xizmatlar sohasi statistikasiga oid atamalar, hisobotlarni qabul qilish usullari bo‘yicha qo‘mita mutaxassislari hududiy statistika boshqarmalari xodimlarining bilim va salohiyatini o‘rgandi.

Xizmatlarichi323042021

Shuningdek, Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Mirzaxidov Abdugafir Yuldashevich xizmatlar sohasi statistikasi ishlarini shakllantirish va takomillashtirish masalalari yuzasidan o‘z takliflarini berib o‘tdi.

Tadbirda qo‘mitaning Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi va hududiy statistika boshqarmalari xodimlari sohadagi mavjud muammo va kamchiliklarni muhokama va tahlil qilgan holda tizimni rivojlantirish bo‘yicha fikr-mulohaza almashdi. Hududiy statistika boshqarmalari xodimlariga qo‘mita mutaxassislari tomonidan amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar berildi.

Xizmatlarichi423042021

Bunday amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan videokonferensiyalar qo‘mitaning boshqa tarmoqlari tomonidan ham tizimli ravishda tashkil etilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Matbuot xizmati

RASMIY STATISTIKA

E'LON QILISH TAQVIMI METAMA'LUMOTLAR Makroiqtisodiy tahlillar MILLIY HISOBLAR
NARX VA INDEKSLAR INVESTITSIYALAR QURILISH Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi
ICHKI SAVDO SANOAT QISHLOQ XO‘JALIGI EKOLOGIYA
XIZMATLAR DEMOGRAFIYA MEHNAT BOZORI AHOLI TURMUSH DARAJASI
IJTIMOIY SOHA KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK KORXONA VA TASHKILOTLAR DEMOGRAFIYASI HUQUQBUZARLIK HUQUQBUZARLIK
ATROF-MUHIT BOSHQA MAKROIQTISODIY VA MOLIYAVIY STATISTIKA K-MTUT (XVJ) XALQARO STATISTIKA
TARQATILISHI CHEKLANGAN MA`LUMOTLAR      
Tugmani bosing Tinglash