Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

2021- YIL 1- MAY HOLATIDA DEHQON BOZORLARIDAGI AYRIM TOVARLARNING O'RTACHA NARXLARI

1 / 17
Navli bug‘doy uni - 4870
2 / 17
Guruch - 8682
3 / 17
Kartoshka - 4088
4 / 17
Karam - 2094
5 / 17
Pomidor -11441
6 / 17
Bodring - 9837
7 / 17
Sabzi - 2950
8 / 17
No‘shpiyoz - 1944
9 / 17
Olma - 11113
10 / 17
Mol go‘shti - 57621
11 / 17
Qo‘y go‘sht - 53547
12 / 17
Tovuq go‘shti - 20092
13 / 17
Turli baliqlar - 23317
14 / 17
Yangi sog`ilgan sut (litr) - 3902,91
15 / 17
Sariyog‘ - 51258
16 / 17
Tuxum(10 dona) - 10118
17 / 17
Tandir non (dona) - 2879

 
 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari Prezident Qasim-Jomart Toqayevni tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, farovonlik va muvaffaqiyat tiladi.

Qozog‘iston Prezidentining birodar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi qayd etildi.

Muntazamlik kasb etgan va ishonchga asoslangan oliy darajadagi muloqotlar ko‘p qirrali O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlarining jadal sur’at bilan rivojlanishiga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Suhbatda ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. Avval erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi hamkorlikning barcha ustuvor yo‘nalishlarda yanada kengayishiga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

 

 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 29 dekabr kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasida xalqimizning madaniy-ma’rifiy hayotini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratilishini ta’kidlab, madaniyat va san’at muassasalari faoliyatini jonlantirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga byudjetdan 420 milliard so‘m yo‘naltirilishi, jumladan, hududlarda 22 ta teatr va madaniyat ob’ekti qurilishi va rekonstruksiya bildirgan edi.

Davlatimiz rahbari shu bilan birga, Toshkent shahrida Milliy akademik drama teatri, mashhur yapon arxitektori Tadao Ando loyihasi asosida yangi san’at muzeyi, zamonaviy kutubxona hamda Alisher Navoiy nomidagi xalqaro ijod maktabidan iborat madaniyat va ma’rifat majmuasini barpo etish bo‘yicha amaliy ishlar boshlanishi haqida batafsil to‘xtalgandi.  

Darhaqiqat, mamlakatimizga tashrif buyurgan har bir xorijlik sayyoh O‘zbekiston tarixi, Temuriylar tarixi, O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeylari kabi madaniy-ma’rifiy maskanlarga borishi, bu moziygohlardagi nodir eksponatlardan qalbi cheksiz hayrat va havasga to‘lib toshishi tabiiydir. Keyingi yillarda mamlakatimizda barcha sohalar qatori muzeylar sohasini rivojlantirish va ularni yangi bosqichga olib chiqish borasida qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.  

Madaniyat vazirligi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, Prezidentimiz ko‘rsatmalariga asosan 2017 yil 11 dekabrda Vazirlar Mahkamasining 2017-2027 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi qabul qilinib, shu asosida davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, binolarini ta’mirlash va ularda zamonaviy sharoitlar yaratish borasida ishlar olib borilmoqda.

So‘nggi yillarda Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda 20 ga yaqin muzeylar yangidan tashkil etildi. Jumladan, xalqimizning buyuk adiblari xotirasini abadiylashtirish maqsadida Marg‘ilon shahrida Erkin Vohidov, Jizzax shahrida Hamid Olimjon va Zulfiya muzeylari, Sharof Rashidov memorial muzeyi, To‘raqo‘rg‘on tumanida Ibrat muzeyi, Uchko‘prik tumanida Xaziniy muzeyi, Toshkent shahrida Abdulla Qodiriy memorial va uy muzeylarining faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Shu bilan birga, har bir viloyatdagi tegishli oliy o‘quv yurtlarida Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyining filiallari tashkil etildi. Ushbu muzeylar bugungi kunda xalqimiz, ayniqsa yoshlarning sevimli maskaniga aylanib ulgurgani diqqatga sazovordir.  

Prezidentimizning 2020 yil 26 maydagi «Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida muzeylar faoliyatiga katta e’tibor qaratilgan. Jumladan, O‘zbekiston davlat san’at muzeyiga – san’at sohasi, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyiga – madaniyat va tarix sohasidagi barcha muzeylar faoliyatini ilmiy-tadqiqot va metodik jihatdan muvofiqlashtirish, ularning ushbu yo‘nalishdagi o‘zaro hamkorligini ta’minlash, kadrlar ilmiy salohiyatini oshirish vazifasi yuklatildi.  

2021 yil 1 yanvardan boshlab ushbu muzeylarda muzeyshunoslik, san’atshunoslik, madaniyatshunoslik yo‘nalishlarida ilmiy kengashlar va ilmiy-metodik kengashlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu esa yurtimizdagi barcha san’at va tarix yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan muzeylardagi xodimlarning ilmiy salohiyatini yanada oshirish va ularga yanada keng sharoit yaratishdek maqsadlarni ko‘zlaydi.

2020 yil sentyabr oyidan boshlab davlat muzeylarida har oyning birinchi yakshanbasi «Ochiq eshiklar kuni», deb e’lon qilindi va muzeyga kirish tashrif buyuruvchilarga bepul etib belgilandi. bugungi kunda «Ochiq eshiklar kuni» har bir muzeyda ko‘tarinki ruxda o‘tkazilmoqda. Bu, albatta, tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otib, muzeyga tashrif buyuruvchilar safini yanada kengaytirmoqda. Shu bilan birga, 2020-2025 yillar davomida bosqichma-bosqich har bir tuman va shaharlarda o‘lkashunoslik muzeylari tashkil etiladi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiradi. Bunday tashabbus bilan har bir hudud tarixi va madaniyati to‘g‘risida chuqur izlanishlar olib borish, yosh avlodning o‘z hududi tarixi va madaniyati bilan yaqindan tanishishiga keng imkoniyat yaratadi. Yangi tashkil etilayotgan tuman (shahar) o‘lkashunoslik muzeylarining asosiy vazifasi hudud tarixi, tabiati, etnografiyasining bugungi holati va kelajagi haqida ma’lumotlar beruvchi ashyo va kolleksiyalarni yig‘ish, saqlash va ulardan foydalanishni tashkil etishdan iborat bo‘ladi.  

Yurtimiz bo‘yicha 200 dan ortiq muzeyning yangidan tashkil etilishi ma’rifat va bilim maskani sifatida muzeylarga qaratilayotgan amaliy e’tibor natijasidir.

O‘zbekiston muzeylarida saqlanayotgan noyob ashyolarni dunyoga keng targ‘ib qilish va tanishtirish maqsadida bir qator ezgu ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Moskva shahridagi davlat Tretyakov galereyasida shu yil Xalqaro muzeylar kunidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi butun dunyoga mashhur muzey hisoblangan Savitskiy nomidagi davlat san’at muzeyi kolleksiyasida saqlanayotgan Ivan Kudryashovning noyob asarlari ko‘rgazmasi tashkil etilmoqda. Hozirda ushbu ko‘rgazmaning ochilish marosimini yuqori saviyada o‘tkazishga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.  

Shuningdek, kelgusi 2022 yilda Parijning butun dunyoga mashhur Luvr muzeyida O‘zbekistonning bebaho merosini namoyish etish borasida ham qizg‘in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Luvrda bo‘lib o‘tajak ko‘rgazma yangilanayotgan O‘zbekistonning boy tarixi, betakror milliy madaniyati va san’ati, bugungi taraqqiyot odimlarini g‘oyat muvaffaqiyatli tarzda aks ettirishiga shubha yo‘q.  

Bularning barchasi kelajakda muzeyshunoslik va san’atshunoslik yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalarning muzey sohasiga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish, muzeylarimizda faoliyat yuritayotgan xodimlar mehnatini e’zozlash, kadrlar qo‘nimsizligining oldini olish, ayniqsa, muzeylarimiz jahondagi yetuk zamonaviy muzeylar qatoridan o‘rin egallashiga zamin yaratadi.

Qo‘chqorova Fotima Abduzohid qizi O‘zbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha rais maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasi asosida amalga oshirildi.

 
Ayni kunlarda xalqimiz Ramazon hayitini tinchlik-xotirjamlikda, shukronalik bilan bayram qilmoqda. O‘zaro mehr-oqibat yanada oshib, ehtiyojmand oilalarga muruvvat ko‘rsatish, bemorlar holidan xabar olishdek savob ishlar ko‘paymoqda.

Shunday ezgu qadriyatlarimizga muvofiq, Prezident Shavkat Mirziyoyev 14 may kuni Toshkent shahridagi shifo maskanlarida bo‘lib, u yerda davolanayotgan bemor bolalar holidan xabar oldi.

Davlatimiz rahbari dastlab Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga bordi.

Bu markaz aholiga gematologik va transfuziologik yordam ko‘rsatish, shunday kasalliklarning oldini olish va ularni davolash, gematologiya sohasida ilmiy izlanishlar olib borishga ixtisoslashgan.

Markazda yuqori dozali va intensiv poliximioterapiya usullari amaliyotga joriy etilgan. O‘tkir limfoblast leykozlarni davolashdagi yangi ishlanmalar natijasida bemorlarning remissiyaga chiqishi va to‘liq tuzalishi 70-85 foizgacha yetmoqda.

Prezidentimizning 2020 yil 10 fevraldagi qarori gematologiya va transfuziologiya xizmatlarini rivojlantirish, onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashda muhim omil bo‘lmoqda. Ushbu qarorga muvofiq, 2020-2024 yillarda gematologiya sohasini rivojlantirish uchun 546 milliard so‘mdan ziyod va qariyb 71 million dollar miqdorida mablag‘ yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan. Xususan, joriy yilda 91 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilgan.

Bu mablag‘lar hisobidan shifoxonalar dori vositalari, tibbiy buyumlar, reaktiv va reagentlar bilan ta’minlanmoqda. Shuningdek, gematologiya xizmati moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash va davolashni takomillashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Prezident markazning sharoitlarini ko‘zdan kechirdi. Markazda 3 ta bino bo‘lib, 260 ta o‘ringa ega. Hozirgi kunda bu yerda 210 nafar bemor davolanmoqda. Shundan 42 nafari bolalardir.

Davlatimiz rahbari ushbu shifoxona uchun yangi bino barpo etish, unda Rossiyaning D.Rogachyov nomidagi tibbiy tadqiqot markazi tajribasi asosida bolalar onkogemotologiyasi markazi tashkil qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. U yerda o‘zak hujayralarini donordan ko‘chirib o‘tkazish – allogen transplantatsiya yo‘lga qo‘yiladi.

Prezident shifoxonada davolanayotgan bolalar va ularning onalari bilan suhbatlashdi.

– Gematologiyada davolashni yaxshilash bo‘yicha qarorlar qabul qildik. Lekin, bu ishlar hali yetarli emas. Bugun kelishimdan maqsad – sizlarga yanayam ko‘proq sharoit yaratish, kasallarni tezroq oyoqqa qo‘yish, davolash kafolatini oshirish bo‘yicha choralarni belgilash. Sizlar hammangiz – mening farzandlarimsizlar. Har kuni kulib turib, ota-onalaringga madad bo‘lishlaringiz kerak. Albatta tuzalib ketaman, degan intilishingiz bo‘lishi kerak. Biz buning uchun hamma sharoitlarni yaratishga harakat qilamiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari ota-onalar va bolalarni Ramazon hayiti bilan tabrikladi.

– Ko‘ngillaringiz bo‘linmasin. Bir o‘zlaringiz emassizlar. Hammamiz hamdardmiz. Bu sohada imkoniyatlarni yaxshilash uchun yangi markaz quramiz. U yerda onalar uchun ham, bolalarning o‘qishi uchun ham sharoit bo‘ladi, davolash ham o‘zgaradi. Eng katta niyatimiz – tezroq davo topib, uyga, oilangiz bag‘riga qaytishingiz, – dedi Prezident.

Shavkat Mirziyoyev bolalarga mehribonligi va fidoyiligi uchun markaz shifokorlariga minnatdorlik bildirdi.

Prezidentimiz Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga tashrif buyurdi.

Markazda 10 ta davolash korpusi bo‘lib, 370 ta o‘ringa ega. Bu yerda yiliga 9 mingdan ortiq bemorga statsionar, 43 ming nafariga ambulator tartibda xizmat ko‘rsatilmoqda.

Toshkent va Qo‘qon shaharlari, Qoraqalpog‘iston va viloyatlarda markazning hududiy filiallari tashkil etilgan. Ularning har birida palliativ yordam bo‘limlari ochilgan. Ilk bor, barcha hududiy onkologik muassasalar jami 22 ta zamonaviy nur terapiyasi uskunalari bilan jihozlandi. Tibbiyot markazi bilan barcha filiallar o‘rtasida telemeditsina amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan. So‘nggi uch yilda tizimdagi 150 nafar mutaxassis nufuzli xorijiy klinikalarda davlat hisobidan malaka oshirgan.

Bemorlar uchun eng qiyini kerakli dorilarni topish va sotib olishdir. Shu bois bu borada davlatimiz tomonidan ham ko‘mak ko‘rsatilmoqda. Onkologiya xizmati uchun dori-darmon va sarflov vositalariga 2016 yilda 8 milliard so‘m ajratilgan bo‘lsa, 2021 yilda bu ko‘rsatkich qariyb 62 milliard so‘mga yetgan.

Davlatimiz rahbari markazda davolanayotgan bolalar va ularning ota-onalari bilan suhbatlashdi. Bolalarning orzu-niyatlari, katta bo‘lsa qaysi kasbni tanlamoqchi ekani bilan qiziqdi, ularga dalda berdi.

Prezident bilan uchrashgan bolalarning orzulari bir olam. Masalan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanidan kelib davolanayotgan Bunyodbek O‘rolboyev 10 yoshda. Onasi uning dilidagi so‘zlarini Prezidentga yetkazdi, yakkayu yagona o‘tinchi o‘g‘lining shifo topib ketishi ekanini ma’lum qildi. Davlat rahbari ushbu ulug‘ ayyom kunlarida eng katta maqsad – bu yerdagi barcha bolalar sog‘ayishi ekanini, buning uchun hamma sharoit yaratilishini aytdi.

Asaka tumanilik Roziya Bozorboyeva yosh boshiga tushgan dard sabab shifokor bo‘lmoqchiligini, Andijon tibbiyot institutiga kirib o‘qish niyati borligini bildirdi. Shavkat Mirziyoyev shu yerda mutasaddilarga topshiriq berib, bu qiz Prezident hisobidan institutga o‘qishga qabul qilinganini aytdi.

Chust tumanida yashovchi Sabina Insofaliyeva 17 yoshda. U tumandagi 41-maktabda o‘qiydi, ammo dard sabab ikki yil o‘qishi qolib ketgan. Sabina tuzalib chiqsa, yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimi bo‘lish orzusi borligini bildirganda, hamma chapak chalib yubordi. Afsuski, shifokorlar bu qizning hayotini saqlab qolish uchun o‘ng oyog‘ini kesishga majbur bo‘lgan.

Prezident Markazning bolalar bo‘limi boshlig‘i Tojiddin Mustafoyevdan Sabinaning salomatligi haqida so‘radi. Eng rivojlangan davlatlardan protez olib kelib qo‘ydirishga, uning sog‘ligini shaxsan nazoratga olishga va’da berdi.

– Bu qizim albatta yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimi bo‘ladi, o‘qishiga hozirdan g‘amxo‘rlik qilasizlar, – dedi Prezident.

Samarqand viloyati Payariq tumanidan kelgan Rayhona Raupova 10 yoshda. Otasi Rahmonberdi akaning aytishicha, qizi Prezident maktabida o‘qimoqchi. Davlatimiz rahbari bu yil Samarqandda ham Prezident maktabi ochilishini, Rayhona albatta unga kirib o‘qishini aytdi.

– Bu bir sinov. Ana shu sinovlardan bardosh bilan o‘tib, tezroq sog‘ayib, uyga qaytsalaringiz, hammamiz xursand bo‘lamiz. Men bolalar, yoshlar haqida ko‘p gapiraman, ularga katta umidlar bog‘layman. Ilohim, mana shu bolalarning ham kasalligi esdan chiqib, xalqimizga xizmat qiladigan farzandlar bo‘lib yetishsin. Ulug‘ ayyom kunlarida Xudodan shuni so‘raymiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident bolalar va ularning ota-onalari bilan birga suratga tushdi. Davlatimiz rahbari nomidan bolalarga sovg‘alar topshirildi.

Shu yerda onkologiya tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Prezident markazning hozirgi imkoniyatlari yetarli emasligini ta’kidlab, Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasining bo‘sh turgan hududida Respublika onkologiya markazining yangi binolarini barpo etish bo‘yicha topshiriq berdi.

Kasalliklarni erta aniqlash maqsadida mobil brigadalar tuzib, xavf guruhiga kiruvchi aholi uchun profilaktik ko‘riklar o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi. Buning uchun har bir hududga mobil mammograflar va pozitron-emission tomograflar yetkazib beriladi. Saraton kasalliklarini erta aniqlaydigan laboratoriyalar tashkil etilib, maxsus onkomarkerlar tekshiruvlari yo‘lga qo‘yiladi.

Ikkinchi asosiy masala – davolash sifatini oshirish. Shu maqsadda joylardagi onkologiya va gematologiya shifoxonalarini ta’mirlab, zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, malakali mutaxassislarni jalb qilish vazifasi belgilandi. Kasallik oqibatida oyoq-qo‘li amputatsiya bo‘lgan bemorlarni protez mahsulotlari bilan ta’minlash masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi va viloyat hokimlari, shifokorlar o‘z hududlarida onkologik va gematologik kasalliklarni davolashni yaxshilash bo‘yicha takliflarini bildirdi.

Mazkur barcha vazifa va takliflarni inobatga olgan holda, onkologik va gematologik kasalliklarni davolashni tubdan o‘zgartirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilinadigan bo‘ldi.

Videoselektordan so‘ng, davlatimiz rahbari Toshkent tibbiyot akademiyasi hududiga borib, Onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi binosi uchun mo‘ljallangan joyni ko‘rdi. Yangi binoni Janubiy Koreya tajribasi va loyihasi asosida qurish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi Tepaqo‘rg‘on mahallasi hayoti bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbari Oliy Majlisga Murojaatnomasida barcha chora-tadbirlar mahallalar kesimida amalga oshirilishini ta’kidlagan edi. Mutasaddilarga o‘z sohasi bo‘yicha mahallalardagi holatni o‘rganish, “o‘sish nuqtalari”ni aniqlab, ularni rivojlantirish vazifasi qo‘yilgan.

Tepaqo‘rg‘on mahallasi ham shu tarzda obod qilingan. Bu yerda 30 ta ko‘p qavatli uy bor, 6 ming 150 nafar aholi yashaydi. Ikkita 100 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasi, bitta ixtisoslashtirilgan maktab-internat faoliyat yuritmoqda.

Mahalladagi yo‘laklar, daraxtzorlar obod qilingan. Bolalar o‘yingohlari tashkil etilib, sport qurilmalari o‘rnatilgan.

40 ta kichik biznes sub’ektida mahalliy yoshlar va ayollar ishlamoqda. Yaqinda bu yerda yana bir ishlab chiqarish korxonasi – “Euroasia print” bosmaxonasi qurib bitkazildi. Unda 60 dan ortiq ish o‘rni yaratildi. Shavkat Mirziyoyev ushbu korxonadagi ish jarayonini ko‘zdan kechirdi.

Shu yerda Toshkent shahrida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish rejalari taqdimoti o‘tkazildi.

Mahalla ahli bilan suhbatda nuroniylar Ramazon oyi ro‘zasini shukronalik bilan tutganini, yurtimizga tinchlik-farovonlik so‘rab duolar qilganini aytishdi.

– Mana shu shukronalikni, insof sari baraka ekanini xalqimizga, yoshlarimizga yetkazish kerak. O‘z mahallangizda ko‘rib turibsizlar. Mana, intilsa, qilsa bo‘lar ekan-ku. Bunday o‘zgarishlarning eng katta zamini – yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik. Buning qadriga yetib, har bir mahallani mana shunday chiroyli, tartibli qilishimiz zarur. Balandparvoz gapsiz, mehnatimiz bilan xalqimizni rozi qilishimiz kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari xorijiy tillarni o‘rgatish markazi faoliyati bilan ham tanishdi.

 

Tomorqachilik va dehqonchilik sohasini boshqarish tizimini isloh qilish va rivojlantirish borasida qator chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Bu boradagi ishlarga O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi ham munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Jumladan, Yangiyo‘l tumanida Tomorqachilikni rivojlantirish milliy markazi ishga tushdi. Bu yerda birinchi marta Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlaridan malaka oshirish uchun kelgan 60 nafardan ziyod tomorqachi, dehqon va fermerlarga mahorat darsi o‘tildi.

Unda, eng avvalo, O‘zbekiston Respublikasining “Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi va “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunlarning mazmun-mohiyati xususida so‘z yuritildi.

– Avvallari bizda eksport qilish huquqi yo‘q edi, – deydi namunali tomorqachi, namanganlik Marg‘uba Yoqubova. – Endi esa yetishtirilgan va qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini erkin realizatsiya qilish, narx belgilash imkoni paydo bo‘ldi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini bozorlar, savdo shoxobchalarida mustaqil ravishda yoki o‘z vakillarimiz orqali erkin realizatsiya qila olamiz.

Mahorat darsida shuningdek, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan 2018-2021 yillarda fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga ajratilgan 75,7 milliard so‘mlik imtiyozli kreditlar haqida ma’lumot berildi. Qayd etilishicha, 1 ming 792 ta xonadonga berilgan ushbu mablag‘ evaziga 30,6 gektar maydonda issiqxona tashkil etildi. 96 ta xonadonda 54 mingdan ortiq zotdor parranda, 59 ta xonadonda 1,3 mingdan ortiq asalari qutilari, 12 ta xonadonda 316 dan ortiq naslli qo‘y, 424 ta xonadonning 746 gektar maydoniga urug‘ va ko‘chatlar yetkazib berildi. 379 gektarda barpo etilgan bog‘ va tokzorlar evaziga 3 ming 562 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi.

– Imtiyozli kredit, subsidiya va boshqa preferensiyalardan foydalanish imkoniyati ham kengaydi, – deydi andijonlik namunali tomorqachi ko‘krak nishoni sohibi Shavkatjon Toshmirzayev. –Shuningdek, issiqxonalar tashkil etish, urug‘lik, ko‘chatlar, chorva mollari, parranda, qishloq xo‘jaligi ashyo-anjomlari va uskunalari, sug‘orish qurilmalari (nasoslar, artezian quduqlar va boshqalarni) sotib olishda ham imtiyozlar berildi. Biz ham bahorda jamg‘armadan kredit olgan edik. Hovlimizning bir chetida issiqxona tashkil etib, limon yetishtirishni yo‘lga qo‘ydik.

Seminarda viloyatlardan kelgan dehqon va fermerlar turli masalalarda o‘zaro tajriba almashdi, o‘rganilgan masalalar bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

 

RASMIY STATISTIKA

 

 

Tugmani bosing Tinglash