Idoraviy komissiya tarkibi

Yusupov Sh.U. Boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari - komissiya raisi
Kamolov K.R. Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari- komissiya raisi o‘rinbosari
Komissiya a’zolari:
Shodiyev O`. Boshqarma yurist konsulti
Saidov D.I. Statistik faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlari bo‘limi boshlig‘i
Pulotov A.A. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati bo‘limi boshlig‘i
Djuraev S.O. Dasturiy texnik ta'minot va ma'lumotlarni saqlash markazi boshlig‘i
Obidov S.O. Buxgalteriya hisobi va moliyaviy ishlar bo‘limi boshlig‘i
Yarashova N.A. Kadrlar bo‘limi boshlig‘i

Idoraviy komissiyaning asosiy vazifalari
  • Buxoro viloyat statistika organlarining mansabdor shaxslari va xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, o`z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi yuzasidan ma`sulyatini kuchaytirishga, tizimda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir tadbirlarni muntazam amalga oshirilishini tashkil etish;
  • Buxoro viloyat statistika organlarining mansabdor shaxslari va xodimlarining faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo`l qo`ymaslik bo`yicha zarur choralar ko`rish;
  • Kompleks chora-tadbirlarda belgilangan vazifalarni ijrosi yuzasidan ma`sul rahbarlarning hisobotini eshitib boorish;
  • Buxoro viloyat statistika organlarining mansabdor shaxslari va xodimlarining kasbiy va xizmatdan tashqari faoliyatida odob-ahloq qoidalariga rioya etishlari bo`yicha ko`rsatmalar berib borish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
  • Buxoro viloyat statistika organlari faoliyatida korrupsiyaning oldini olishga doir tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan ko`rilayotlan chora-tadbirlar yuzasidan muntazam ravishda monitoring o`tkazish va nazoratni amalga oshirish;
  • O`z vazifalari doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha idoralararo komissiyasi bilan hamkorlikni ta`minlash va zarur hollarda ularga tahliliy ma`lumotlarni tayyorlashda amaliy yordam ko`rsatish.
Yangilik va videoroliklar

Buxoro viloyat statistika boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha seminar tashkil etildi

Buxoro viloyati statistika boshqarmasining 2022- yil korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha idoraviy kompleks chora-tadbirlari rejasiga asosan va “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 29- iyundagi PF-6013-sonli Farmonlari hamda Davlat statistika qo‘mitasining 30.12.2021- yildagi korrpsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi chora-tadbirlar rejasi ijrosini boshqarmada bajarish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi samarali kurash nazorat” tizimi nima mavzusida boshqarma hamda shahar, tuman ishchi xodimla ish ishtirokida o‘quv simenari o'tkazildi.

Yig‘ilishni boshqarma boshlig'i U.Djumanazarov kirish so‘zi bilan ochib berdi va mavzu yuzasidan ma‘ruza qildi.

Korrupsiya davlat xizmatchilarining poraxo'rligi, mansabini suiste'mol qilishi hokimiyatning obro'sizlanishiga, mamlakatning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy tizimiga putur yetishiga sabab bo'ladi. Bunday jinoyatlar davlatning milliy xavfsizligigajiddiy tahdid soladi.

Mamlakatimizda davlatning konstitutsiyaviy asoslarini yemiruvchi, fuqarolarming huquq va erkinliklari buzilishiga olib keluvchi bu mudhish jinoyatga qarshi kurashish, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni oldini olish borasida tizimli ravishda tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirilmoqda.

Matbuot xizmati

Davlat statistika organlarida korrupsiyaning oldini olish va oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish to'g'risida ma'lumot


Tugmani bosing Tinglash GSpeech
Tugmani bosing Tinglash GSpeech