Joriy yilning 29- oktabr kuni “Zamonaviy raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni joriy etish” boʻyicha Singapur davlatida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish natijalari haqida taqdimot bo‘lib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20–25- oktabr kunlari Singapur davlatining zamonaviy raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni joriy etish boʻyicha tajribasini oʻrganish uchun tashkil etilgan oʻquv-tanishuv bo‘lib o‘tgan. Unda agentlikning bir guruh mas’ul xodimlari ishtirish etishgan.
Taqdimotda Statistika agentligining Raqamli texnologiyalar va interaktiv xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi Shohruh Odiliv, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Shaxboz Samadov va bo‘lim boshlig‘i G‘anisher Eshmuradov oʻquv-tanishuv safari davrida olgan bilim va koʻnikmalarini agentlik xodimlariga yetkazishdi.
Jumladan, Singapur davlatida katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlashda mashini o‘qitish modellaridan foydalanish, statistik axborotlarni vizual ko‘rinishda taqdim etishda ishlab chiqilgan SingStat Table axborot tizimi hamda narx ma’lumotlarni yig‘ishda webscraping va sun’iy intellekt joriy etish masalalari koʻrib chiqildi.
Shu bilan birga, Singapur davlat statistika idorasi ekspertlar tavsiyalari va aholini ro‘yxatga olish jarayonida axborot tizimlaridan foydalanish boʻyicha oʻrganilgan ilgʻor tajribalari tanishtirildi.
Shuningdek, tadbir davomida mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar almashinib, qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.