Aziz va muhtaram yurtdoshlar, qadrli do‘stlar!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yillik bayrami bilan chin qalbdan tabriklaymiz.
1- sentabr – xalqimizga yangi davrni boshlab bergan bu qutlug‘ sana vatanimiz taraqqiyoti va ravnaqi ramziga aylangan. Ezgu intilishlarga qanot bag‘ishlovchi ham, inson manfaatlari yo‘lidagi islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlovchi qudratli kuch ham – mustaqillikdir.
Shunday ekan, ko‘p millatli xalqimizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan samimiy qutlaymiz! Barchangizga mustahkam sog‘liq, xotirjamlik va farovonlik tilab qolamiz.
Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!
Hurmat bilan, Buxoro viloyati statistika boshqarmasi jamoasi