2025-yilning 23-oktabr sanasida Buxoro viloyat Statistika boshqarmasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi. Tadbirdan ko'zlangan maqsad aholining Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoni haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishini ta’minlash hamda ishtirokchilarga erkin muloqot muhitini yaratib berishdan iborat bo'lib, tadbir davomida ishtirokchilarga ro‘yxatga olish jarayonlaridan ko'zlangan maqsad, tadbirdan kutilayotgan natijalar va ushbu natijalarning yurtimiz ravnaqi yo'lidagi ahamiyati haqida tushunchalar berildi. Jarayon davomida ishtirokchilar fikr almashibgina qolmay o'zlarini qiziqtirgan savollarga boshqarma xodimlari tomonidan javob olishdi.
24/10/2025



