24/10/2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF–173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan Buxoro viloyat Soliq boshqarmasida o’quv seminar tashkil qilindi. Seminarda boshqarma va boshqarmaning hududiy bo’limlari xodimlari ishtirok etdi va viloyat Statistika boshqarmasi mas’ullari tomonidan yaqinlashib kelayotgan jarayonlar ijrosini ta’minlash uchun zarur ko’rsatma va ma’lumotlar berildi. Seminar yakunida ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi..

Tugmani bosing Tinglash GSpeech