O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF-173-sonli Farmoniga muvofiq, 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlari o‘tkazilishi belgilangan. Ushbu farmon ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 14-noyabr sanasida viloyat Soliq boshqarmasi xodimlari uchun o'quv seminar tashkil qilindi. Seminarda ishtirokchilarga viloyat statistika boshqarmasi vakillari tomonidan jarayonning mohiyati, planshet qurilmalaridan platformaga kirish shakllarni to‘ldirish tartiblari tushuntirilib zarur ma'lumotlar yetkaziladi. Seminar yakunida ishtirokchilar savollarga javob berildi va dolzarb takliflar muhokama uchun qabul qilindi


.
14/11/2025



