02/07/2026

Buxoro viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2026-yilning yanvar-may oylarida viloyatda 440,5 ming tonna avtomobil benzini  ishlab chiqarildi. 2025-yilning yanvar-may oylarida ushbu ko'rsatkich 426,1 ming tonnani tashkil qilgan edi. Avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmining oshishi mamlakatda neftni qayta ishlash sanoati rivojlanayotganini, ichki yoqilg’i ta’minoti mustahkamlanayotganini hamda iqtisodiyotning transport va ishlab chiqarish sohalaridagi faollik ortayotganini ko’rsatadi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech