Buxoro viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2026-yilning 1- iyul holatiga ko‘ra хorijiy investitsiyalar ishtirokida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalarning soni, 2025-yilning mos davriga nisbatan 99 taga oshgan.
Bu asosan, savdo sohasidagi korxonalar sonining 129 tadan 162 taga (o‘sish 33 taga), sanoatda 94 tadan 112 taga (o‘sish 18 taga) va qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida 16 tadan 28 taga (o‘sish 12 taga) ko‘payishi hisobiga yetdi.




