Buxoro viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2026-yilning yanvar-iyun oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 772,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Mazkur soha tarkibida telekommunikatsiya xizmatlari eng katta ulushga ega bo‘lib, 69,2 foizni qayd etdi.
Shuningdek, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari umumiy hajmida kompyuter dasturlashtirish xizmatlari ulushi 22,3 %ni, axborot xizmatlari 5,2 %ni, nashriyot xizmatlari 2,3 %ni hamda boshqa xizmatlar 1,0 %ni tashkil etdi.




