07/08/2026

Buxoro viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2026- yil 1- iyul holatiga chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 4 776 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 128 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 4 648 tani tashkil qildi.

2026- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatining chakana savdo tovar aylanmasi 12 616,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2025- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 112,6 % ga yetdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech