So'nggi yangiliklar
01/07/2022 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning I choragida tanlanma kuzatuvda ishtirok etgan kichik korxona va mikrofirmalarninig yaqin 3 oydagi o‘zgarishlar istiqboli bo‘yicha iqtisodiy vaziyatni qoniqarli deb baholagan korxonalarning hududlar kesimida eng ko‘p ulushi Xorazm viloyatida 59,9 % ni, Namangan viloyatida 58,8 % ni, Farg‘ona viloyatida 54,3 % ni va Toshkent shahrida 54,2 % ni tashkil etdi.
01/07/2022 • So'nggi yangiliklar
MDH davlatlari statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yil yakunlari bo‘yicha yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’ati Armanistonda 105,7%, Belarus Respublikasida 102,3%, Moldovada 113,9 %, Ozarbayjonda 105,6 %, Qozog‘istonda 104,0 %, Qirg‘izistonda 103,6 %, Rossiya Federatsiyasida 104,7%, Tojikistonda 109,2 %, Ukrainada 106,1%, O‘zbekistonda esa 107,4 %ni tashkil etgan.
30/06/2022 • So'nggi yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil 1-aprel holatiga kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga 13,4 birlikni tashkil qildi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga eng ko‘p Yakkasaroy tumanida – 67,8 birlikni tashkil qildi.
30/06/2022 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning I choragida tanlanma kuzatuvda ishtirok etgan kichik korxona va mikrofirmalarninig yaqin 3 oydagi o‘zgarishlar istiqboli bo‘yicha iqtisodiy vaziyatni qulay deb baholagan korxonalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p ulushi qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 45,9 % ni, savdoda 45,6 % ni, qurilishda 45,1 % ni, sanoatda 43,4 % ni tashkil etdi.
Mamlakatimizda 2022- yilning yanvar-may oylarida yangi tashkil etilgan qurilish korxonalari soni, 2018- yilning mos davri bilan solishtirganda 79,6 foizni tashkil etdi. Yangi tashkil etilgan qurilish korxonalarining yillar kesimidagi soni:
30/06/2022 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar- may oylarida, respublikamizda savdo sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni (14 845 ta), 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,9 barobarga oshgan.
30/06/2022 • So'nggi yangiliklar
Buxoro viloyat statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi xodimlari To‘qimachi MFY ga Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining 2020- yil 16- martdagi qonuni qabul qilingani to‘g‘risda targ‘ibot tashviqot ishlarini o‘tkazishdi.
2022- yilning 1- yanvar holatiga respublikamizda 3936 ta texnologik innovatsiyalar joriy qilingan. Joriy qilingan texnologik innovatsiyalar tarkibida: mahsulotlar boʻyicha innovatsiyalar soni – 3035 ta, jarayonlar boʻyicha innovatsiyalar soni – 901 ta.
2022- yil yanvar- may oylarida yangi tashkil etilgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur’ati 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 barobarga oshgan.
28/06/2022 • So'nggi yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-martida kichik tadbirkorlik subyektlarining сhakana savdo aylanmasidagi ulushi 76,3 % ni tashkil etdi.
28/06/2022 • So'nggi yangiliklar
2022- yil 1- iyun holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni (14 119 ta), 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,3 barobarga oshgan bo‘lib, ularning yillar kesimidagi o‘sish dinamikasi quyidagicha ko‘rinishni hosil qildi:
27/06/2022 • So'nggi yangiliklar
Oliy taʼlim tashkilotlarida 2021- yilda jami 37,4 ming nafar professor-oʻqituvchilar faoliyat yuritgan. 2020- yilda bu koʻrsatkich 32,1 ming nafarni tashkil etgan.
2021- yil yakunlariga koʻra Respublika boʻyicha muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning umumiy maydoni 3457,8 ming gektarni tashkil etdi.
Respublikamizda 2022- yil 1- iyun holatiga ko‘ra faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 487 101 tani tashkil etib, 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,0 barobarga oshgan.
24/06/2022 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekistonga 14 ta davlatdan qiymati 8,8 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 6,1 ming tonna makaron mahsulotlari import qilingan.
24/06/2022 • So'nggi yangiliklar
2022- yil yanvar-mart oylarida O`zbekiston Respublikasi bo`yicha 190 o‘ringa mo‘ljallangan maktabgacha ta’lim muassasalari ishga tushirilib, ularning 90 % i qishloq joylarga to‘g‘ri keldi.
24/06/2022 • So'nggi yangiliklar
Mamlakatimizda tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan eng ko‘p korxonalar soni mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) lar hissasiga to‘g‘ri kelib, so’nggi besh yilda ularning o‘sish sur’ati qaralganda quyidagicha ko‘rinishni hosil qildi:
Respublikamizda tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni o‘zaro taqqoslanganda, ikkinchi o‘rinni xususiy korxonalar egallagan.
319-sahifa 368 dan