07/03/2025

     Buxoro viloyat statistika boshqarmasida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda boshqarma rahbariyati hamda boshqarma xodimlari ishtirok etdilar.

     Tadbirni boshqarma boshlig'i U. Djumanazarov ochib berib, xotin-qizlarni bayram bilan tabrikladi va ularning jamiyatdagi beqiyos o‘rnini alohida ta'kidladi. So‘zga chiqqanlar ayollarning jamiyat taraqqiyotidagi hissasi, fidokorona mehnati va oila mustahkamligidagi rolini yuksak qadrlash lozimligini qayd etdilar. 

     O'zbekiston Respublikasining Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi "statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-27-sonli Farmonining hamda O'zbekiston Respublikasining Prezidentining 2025-yil 2{-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo'mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-75-sonli qarorining mazmun mohiyati to'g'risida xodimlarga tushuntirildi.

     Tadbir davomida boshqarma xodimalariga bayram sovg‘alari topshirildi. Bayramona muhitda o‘tgan tadbir ishtirokchilarga xush kayfiyat ulashdi.

     Barcha xotin-qizlarni ushbu go‘zal bayram bilan yana bir bor muborakbod etamiz! 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech