Buxoro viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2026-yil 1-may holatiga ulgurji savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 2 199 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 28 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 2 171 tani tashkil qildi.
Viloyat bo‘yicha 2026-yilning yanvar-aprel oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 6 612,0 mlrd so‘mni tashkil etib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 10,5 % ga o‘sdi.



