04/06/2025

     2025- yilning yanvar-aprel oylarida, Buxoro viloyatida jami 4 322,8 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

     Qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:
     - binolar va inshootlar qurish yo‘nalishi 62,0 % ulushni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 89,9 % ni tashkil etdi;
     - fuqarolik obyektlarini qurish yo‘nalishi 26,7 % ulushni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 190,6 % ni tashkil etdi;
     - ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishi 11,3 % ulushni va 2024-yilning mos davriga nisbatan 113,2 % ni tashkil etdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech