05/06/2025

     Joriy yilning 5-iyun kuni Buxoro viloyati Statistika boshqarmasida muborak Qurbon Hayiti bayrami munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi. Ushbu xayrli tadbirda boshqarma boshlig'i o'rinbosari K. Kamolov, bosh yuriskonsult O'. Shodiyev hamda boshqarma xodimlari ishtirok etishdi.

     Tadbirni boshqarma boshlig'i o'rinbosari K. Kamolov ochib berdi va xodimlarni Qurbon hayiti bilan tabrikladi.

     Tadbir davomida boshyuristkonsulti Oʻ.Shodiyev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tomonidan 2025-yil 30-may kunidagi PQ-195-sonli “Muborak Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi Qarorining mazmun mohiyati toʻgʻrisida gapirib 6 banddan iborat mazkur qaror Xalqimizga xos mehr-oqibat, insonparvarlik, shukronalik, saxovat va bagʻrikenglik kabi ezgu fazilatlar timsoli boʻlgan, asrlar davomida maʼnaviy hayotimizda muhim oʻrin tutib kelayotgan muborak Qurbon hayitining ahamiyati Yangi Oʻzbekiston ijtimoiy davlat barpo etish jarayonlari hal qiluvchi bosqichga kirayotgan bugungi sharoitda tobora ortib borayotganini hisobga olib hamda ushbu qutlugʻ ayyomni har tomonlama munosib kutib olish va oʻtkazish, shuningdek, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulugʻlash maqsadida oʻz vaqtida xalqimizning orzu va istaklari asosida qabul qilinganligini aytib oʻtdi. 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech