09/06/2025

     Joriy yilning 9- iyun kuni Buxoro viloyati statistika boshqarmasida boshqarma bosh yuristkonsulti O‘. Shodiyev tomonidan "Rasmiy statistika to‘g‘risida"gi va "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi qonunlarga bag‘ishlangan muhim o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirning maqsadi talabalar o‘rtasida ushbu muhim qonun hujjatlari bo‘yicha bilimlarni oshirishdan iborat edi.

     Boshqarma bosh yuristkonsulti O‘. Shodiyev har ikki qonun bo‘yicha atroflicha ma’lumot berdi va "Rasmiy statistika to‘g‘risida"gi qonun doirasida davlat statistika organlarining huquq va majburiyatlarini, jumladan, ma’lumotlarni yig‘ish va ulardan foydalanish hamda qonunlarga rioya etilishini ta’minlash borasidagi vakolatlarini batafsil tushuntirdi. Shuningdek, "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi qonunni ham atroflicha sharhlab, korrupsiyaning salbiy oqibatlarini ta’kidladi va bu kurashdagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, jumladan, huquqiy ongni oshirish, profilaktik choralar va javobgarlikning muqarrarligi tamoyillarini bayon etdi.

     Seminar so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech