2025- yil yanvar-may oylarida viloyatimizda eng katta ulush binolar va inshootlar qurish yo‘nalishi egallab, umumiy qurilish ishlarining 62,3 foizini tashkil etdi.
Shu bilan birga, fuqarolik obyektlarini qurish ishlari bo‘yicha faoliyat hajmi keskin oshib, umumiy hajmning 26,5 foizini tashkil etdi. Bu yo‘nalishdagi o‘sish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 196,6 foiz bo‘ldi.
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari esa jami hajmning 11,2 foizini egalladi. Bu ko‘rsatkich ham o‘tgan yilga nisbatan 117,7 foiz bo‘lib, ijobiy dinamika qayd etildi.