Joriy yilning 26- avgust kuni Buxoro viloyati statistika boshqarmasida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida O‘zbekiston Mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan “Ma’naviyat soati” tadbiri o‘tkazildi. Tadbirni boshqarma boshlig‘i o'rinbosari K. Kamolov ochib berdi. Unda Xalqaro adabiyot Akademiyasining Buxoro viloyati bo‘limi rahbari Ro‘zimurod Mahmudov, Buxoro viloyati Davlat Pedagogika Universiteti dosenti Akbar Gulboyev hamda boshqarma xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan islohotlar, iqtisodiyotning rivoji, xalq turmush darajasining oshishi, ta’lim sohasidagi yangiliklar, tashqi siyosatdagi muvaffaqiyatlar, mintaqaviy hamkorlikning kuchayishi kabi muhim mavzular yoritildi. Shuningdek boshqarma bosh yuristkonsulti O‘. Shodiyev tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-iyundagi “Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-228-son qarori hamda mamlakatimizda korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha bir qator qonun va qonunosti normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinganligi haqida ma'lumot berildi.
Tadbir so'ngida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.