2025-yilning 10-oktabr sanasida Buxoro viloyat Statistika boshqarmasining Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo'limi xodimlari tomonidan viloyat hududida "olis hudud" sifatida belgilangan MFY mas'ullari bilan onlayn seminar tashkil qilindi. Seminar davomida mas'ullar bilan aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbirlarini o'z vaqtida va yuqori saviada tashkil qilish masalalari muhokama qilindi va bo'lim boshliqlari tomonidan yaqinlashib kelayotgan jarayonlar uchun zarur ko'rsatma va ma'lumotlar berrib o'tildi