Buxoro viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2026-yilning yanvar-iyun oylarida import hajmi 593,6 mln AQSH dollariga yetdi va 2025-yilning mos davriga nisbatan 1,8 % ga kamaydi.
Import tarkibida eng katta ulush, kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (23,7 %), mineral yoqilgʻi, yogʻlash moylari va shunga oʻxshash materiallar (30,9 %), Mashinalar va transport asbob-uskunalari (19,9 %) hamda sanoat tovarlari (11,8 %) hisobiga to‘g‘ri keldi.




