10/11/2025

Milliy statistika qoʻmitasi raisi B. Hamraev Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida roʻyxatga olish tadbiriga tayyorgarlik jarayonlari koʻzdan kechirildi.Viloyat shtabidagi ishlar samaradorligi koʻrib chiqildi, mas’ul idoralar faoliyati tahlil qilindi va mavjud masalalar yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.Shuningdek, roʻyxatga olish jarayonini tashkil etish, xodimlarni tayyorlash va aholining xabardor qilinishi boʻyicha takliflar muhokama qilindi.Tashrif davomida hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganilib, tadbirni yuqori saviyada oʻtkazish uchun zarur tashkiliy choralar belgilab olindi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech