O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF-173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yilda o‘tkaziladigan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlariga tayyorgarlik jarayonlari davom etmoqda.Ushbu munosabat bilan joriy yilning 12-noyabr sanasida Buxoro viloyat statistika boshqarmasida xotin qizlar faollari uchun uchun o'quv seminar tashkil qilindi. Seminar davomida boshqarma vakillari tomonidan ro‘yxatga olish jarayonining maqsadi va vazifalari, ularni amaliyotga tatbiq etish mexanizmlari, ro‘yxatga oluvchilar zimmasiga yuklatiladigan mas’uliyatlar, so‘rovnomani axborot texnologiyalaridan foydalangan holda to‘ldirish tartibi hamda savollarga to‘g‘ri va aniq yondashuv kabi masalalar batafsil tushuntirib berildi.

12/11/2025



