12/11/2025

Bugun Buxoro shahridagi Yoshlar markazi binosida yoshlar yetakchilari uchun “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” mavzusida kengaytirilgan seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda Buxoro viloyati statistika boshqarmasi vakillari tomonidan mavzuga oid taqdimot o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi 173-sonli farmoniga muvofiq, 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralgacha respublika bo‘ylab “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” tadbirlari o‘tkazilishi haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, mazkur jarayonni samarali tashkil etish maqsadida Buxoro viloyati hokimining qarori bilan viloyat komissiyasi tarkibi tasdiqlangani, ro‘yxatga olish ishlari zamonaviy axborot tizimi orqali olib borilishi va “mahalla yettiligi” tizimi faol ishtirok etishi ta’kidlandi. Seminar davomida amaliy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilib, ishtirokchilarga ro‘yxatga olish jarayonlari, ma’lumotlarni to‘plash va tizimga kiritish tartibi bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech