13/11/2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF-173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yilda o‘tkaziladigan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlariga tayyorgarlik jarayonlari davom ettirilmoqda. Xususan bugun, Kogon tuman hokimligida mahalla raislari uchun o'quv seminar tashkil qilindi.Seminar davomida boshqarma vakillari tomonidan ro‘yxatga olish jarayonining maqsadi va vazifalari, ularni amaliyotga tatbiq etish mexanizmlari, ro‘yxatga oluvchilar uchun jarayonlar davomida kerak bo’lishi mumkin bo’lgan barcha malumotlar berilib ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech