25/12/2025

Joriy yilning 25-dekabr kuni Kasaba uyushmasi tomonidan tayyorlangan esdalik sovg'alari Buxoro viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i U.Djumanazarov tomonidan xodimlarga topshirildi. Jarayon davomida boshqarma boshlig'i  barchani kirib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy muborakbod etib, jamoaning yil davomida amalga oshirgan ishlariga to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, xodimlarning fidokorona mehnati, mas’uliyati va hamjihatligi boshqarma faoliyatida muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidladi. Xodimlarga topshirilgan Yangi yil sovg‘alari jamoa a’zolariga iliq kayfiyat bag‘ishlab, ularning mehnatini qadrlash ramzi sifatida qabul qilindi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech