07/01/2026

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi 173-sonli Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025- yil 7-oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish chora-tadbirini toʻgʻrisida”gi 629-sonli Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Jondor tuman hokimligi binosida hokim yordamchilari uchun o'quv seminar tashkil qilindi.
O'quv seminar davomida Buxoro viloyati statistika boshqarmasi tomonidan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, jarayonning ahamiyati bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdkek boshqarma bosh yuristkonsulti Oʻ.Shodiyev tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi 419-sonli Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-iyundagi “Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-228-son Qaror mazmun mohiyati toʻgʻrisida tushintirishlar berib oʻtildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech