Joriy yilning 7-yanvar kuni Olot tuman hokimligi katta majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi PF–173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlariga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur seminar Buxoro viloyati statistika boshqarmasi vakillari hamda Olot tumani statistika bo‘limi mas’ullari tomonidan o‘tkazilib, unda mahallalarda faoliyat yuritayotgan “mahalla yettiligi” a’zolari ishtirok etdi.
Tadbir davomida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, ushbu jarayonning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati, savolnomalarni to‘g‘ri va aniq to‘ldirish tartibi, shuningdek, elektron axborot tizimlaridan samarali foydalanish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, mahalla faoliyatida ro‘yxatga olish jarayonlarini sifatli tashkil etish, aholi bilan samarali muloqot o‘rnatish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar oldilar hamda amaliy tavsiyalar bilan tanishdilar.




07/01/2026



