Bugun, 13-yanvar kuni Romitan tumani hokimligining katta majlislar zalida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri yuzasidan o‘quv seminari tashkil etildi. Unda tuman hokimligi vakillari, viloyat statistika boshqarmasi mas’ul xodimlari, tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi boshlig‘i hamda DMTT mudiralari ishtirok etdi. Tadbirda mas'ul xodimlar ishtirokchilar uchun taqdimot qilib, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati hamda jarayonlarining xalqaro amaliyotdagi o‘rni haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, seminar davomida ro‘yxatga olish tadbirlarini tashkil etish, ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash jarayonlari, raqamli texnologiyalardan foydalanish masalalari muhokama qilindi. Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralgacha mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi. Ro‘yxatga olish jarayoni 2 bosqichda tashkil etiladi: 1 bosqich 15-31-yanvar — 17 kun davomida census.stat.uz sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoni yaratiladi. 2 bosqich 4-28-fevral — “Mahalla yettiligi” a’zolari uyma-uy yurib, planshet orqali ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etadi.



13/01/2026



