2026-yilning 1-yanvar holatiga koʻra viloyatda 3 223 ta sanoat korxonalari faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu sanoat korxonalari soni asosiy iqtisodiy faoliyat turlari kesimida taqsimlanganda yuqori ulush 720 tasi (faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar umumiy sonining 22,3 %) oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga, 513 tasi (15,9 %) boshqa nometal mineral mahsulotlar ishlab chiqarishga, 306 tasi (9,5 %) toʻqimachilik ishlab chiqarishga, 297 tasi (9,2 %) kiyim ishlab chiqarishga va 254 tasi (7,9 %) mashina va uskunalardan tashqari tayyor metal buyumlar ishlab chiqarishga toʻgʻri kelmoqda.
23/01/2026



