11/03/2026

Buxoro viloyatida 2025- yil yanvar-dekabr oylarida o‘rtacha oylik ish haqi 5 093,1 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17,2 % ga o‘sgan. Hududlar kesimida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqilari bo‘yicha eng yuqori o‘sish sur’atlari bir qator hududlarda kuzatildi. Jumladan, Kogon tumani bu borada yetakchilik qilib, o‘rtacha oylik ish haqi 4 711,6 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 127,6 % ga o‘sganligi kuzatildi.

 Shuningdek, bu ko‘rsatkich Romitan tumanida 4 465,5 ming so‘mni (o‘tgan mos davriga nisbtan o‘sish sur’ati 123,2%)

Qorako‘l tumanida 3 857,2 ming so‘mni (122,1%)

Buxoro tumanida 4 197,0 ming so‘mni (120,7%)

Shofirkon tumanida 3 523,0 ming so‘mni (120,4%)

Buxoro shahrida 6 280,9 ming so‘mni (119,9%) ni tashkil etgan. 

 O‘z o‘rnida, o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi Olot tumanida 3 740,7 ming so‘mni (108,6%)

Jondor tumanida 3 414,6 ming so‘mni (109,1%)

Vobkent tumanida 3 487,0 ming so‘mni (110,1%)

Kogon shahrida 7 225,4 ming so‘mni (112,3%)

Peshku tumanida 3 820,7 ming so‘mni (114,3%)

G‘ijduvon tumanida 3 702,1 ming so‘mni (115,0%)

 hamda Qorovulbozor tumanida 7 421,6 ming so‘mni (115,0%) tashkil etib, boshqa hududlarga nisbatan o‘sish sur’ati pastroq ekanligi kuzatildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech