Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar oyida O‘zbekiston xorijga qiymati 99,4 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 106,8 ming tonna meva-sabzavotlar eksport qilgan.
Eksport qiymati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 21,6 foizga oshib, jami eksportdagi ulushi 5,9 % ni tashkil etdi.
Ularning tarkibi quyidagicha:
meva va rezavorlar – 31,3 ming tonna;
sabzavotlar – 36,7 ming tonna;
mosh – 9,4 ming tonna;
yeryong‘oq va yong‘oqlar – 2,4 ming tonna;
boshqalar – 26,8 ming tonna.



