Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yil yanvar-fevral oylarida 1 081 612 nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 49,3 ming nafarga oshgan.
2026-yilning dastlabki ikki oyida Oʻzbekiston fuqarolari eng koʻp borgan TOP-10 davlat:
Qirgʻiz Respublikasi — 426 421 nafar;
Tojikiston — 179 390 nafar;
Qozogʻiston — 166 017 nafar;
Saudiya Arabistoni — 115 350 nafar;
Rossiya — 62 054 nafar;
Turkiya — 34 634 nafar;
BAA — 26 449 nafar;
Tailand — 10 946 nafar;
Xitoy — 8 890 nafar;
Misr — 8 872 nafar.



