02/04/2026

2026-yilning 1- mart holatiga koʻra viloyatda 3 341 ta sanoat korxonalari faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu sanoat korxonalari soni asosiy iqtisodiy faoliyat turlari kesimida taqsimlanganda:

746 tasi (faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar umumiy sonining 22,3 %) oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga;

529 tasi (15,8 %) boshqa nometal mineral mahsulotlar ishlab chiqarishga;

306 tasi (9,2 %) toʻqimachilik ishlab chiqarishga;

308 tasi (9,2 %) kiyim ishlab chiqarishga;

303 tasi (9,1 %) mashina va uskunalardan tashqari tayyor metal buyumlar ishlab chiqarishga toʻgʻri kelmoqda.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech