22/06/2026

Buxoro viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning (tadbirkorlik subyektlari va kichik biznes subʼyektlarining) eng koʻp qismi “Savdo” tarmogʻida qolmoqda, ularning ulushi 2026- yil 1- iyun holatiga 28,2 foizni (32,3 foiz va 32,4 foiz) tashkil etdi.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha korxona va tashkilotlar taqsimoti quyidagicha;

Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi 3 603 ta;

Sanoat 3 343 ta;

Qurilish 2 218 ta;

Savdo 8 513

Tashish va saqlash 2 664 ta;

Yashash va ovqatlanish xizmatlari 2 212 ta;

Axborot va aloqa 374 ta;

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish 1 037 ta;

Boshqa turlar 6 165  ta.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech